Demokratik jamiyatda g'oya va mafkuraning xilma-xilligi REJA Mafkuraniy plyuralizm Inson va jamiyat hayotida g'oyalar va mafkuralar xilma-xilligi Jamiyatda g'oya va mafkuralar xilma-xilligining kuzatilishi Mamlakatimizda mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi Mafkuraniy plyuralizm Mafkuraniy plyuralizm (xilma-xillik rang-baranglik) ijtimoii-siyosiy hayotda turli qatlam partiya, guruhlar mafkuraviy plyuralizm manfaatlarini ifoda etuvchi g'oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydi. Inson va jamiyat hayotida g'oyalar va mafkuralar xilma-xilligining namoyon bo'lishi ijtimoiy-ma'naviy ehtiyoj ifodasidir. Jamiyatda g'oya va mafkuralar xilma-xilligining kuzatilishi insonlarning tabiat-jamiyat hodisalari, olam va dam to'grisidagi fikrlari turlichaligi bilan izohlanadi. Umumiy g'oyaga e'tiqod qilish tufayli turlicha ijtimoiy guruhlar shakllanadi. Ularning maqsad-muddaolari, orzu-istaklari, manfaatlari bir-biridan farqlashshsh mumkin. Tabiiyki, ijtimoiy guruhlarning maqsad va manfaatlarini aks ettiradigan, ularga ma'naviy-ruhiy kuch bag'ishlaydigan g'oyalarni amalga oshirish yo'llari xam xilma-xil bo'ladi. Ezgulik yaratuvchilik bunyodkorlik hamkorlik ozodlik erkinlikni qaror toptirishga qaratilgan fikrlar mamlakatda osoyishtalik xalqlar o'rtasida totuvlik barqarorlikka xizmat qiladi. Ular mamlakat taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Ezgulik va yaratuvchilikni targ'ib qiluvchi fikrlar ezgu va bunyodkor g'oyalarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Amir Temurning parokanda bo'lgan xalqni birlashtirish va shu asosda markazlashgan davlat tuzish to'grisidagi fikrlari negizida mamlakat obodligi, xalq osoyishtaligini ta'minlashga yo'naltirilgan bunyodkorlik g'oyalari paydo bo'ldi. Buzg'unchilikka undovchi yovuz fikrlar jaholat urug'ini sepib, urushni targ'ib qiladi. buzg'unchi fikrlar jamiyatdagi muayyan guruhlar, qatlamlarning ongiga singib uning yovuz manfaatlarini ifodalaydigan g'oyaga aylanishi mumkin. U holda jamiyatda beqarorlik muhiti vujudga kelib, odamlar boshiga katta kulfatlar yogilishi mumkin. Jamiyatda fikrlar xilma-xil bo'lgani va bir-biridan farq qilganidek g'oyalar ham turli-tuman bo'lib, mohiyatiga, o'z oldiga qo'ygan maqsadi va qaysi ijtimoiy guruhlarning manfaatiga xizmat qilishiga karab bir-biridan farq qiladi. G'oya bilan g'oyaning bir-biriga o'xshamasligi va ular o'rtasida farq bo'lishini tabiiy jarayon deb qarash kerak. Qaysi ijtimoiy qatlamning maqsadini ifodalashi va kimlarning manfaatiga xizmat qilishiga, qanday yo'nalishga egaligiga ko'ra ham g'oyalar rang-barang bo'lishi mumkin. Lekin g'oya va mafkuralarning xilma-xilligi va bir-biridan farq qilishi tabiiy jarayon sifatida qaralishi bilan birga, ularni bir-biriga yaqin mushtarak tomonlari, ayni paytda, bir-biriga mutlaqo to'gri kelmaydigan jihatlari ham bo'ladi. Shubxasiz, ma'lum bir g'oya va mafkurani jamiyat a'zolari ongiga majburan singdirish va unga rioya qilishni barchadan talab qilish - jiddiy xatodir. Nima uchun? Sababi, masalan, sobiq «ittifoq davri»da kommunizm g'oyasini mafkura yordamida jamiyatning barcha a'zolari qaysi qatlam, ijtimoiy guruh, qaysi millatga va qaysi dinga mansubligi muddaolari e'tiborga olinmasdan, ular uchun majburiy qilib, daxriylikni da'vo qildi va oqibatda bu g'oyaning hayotiy ekanligiga odamlarda shubha va ishonchsizlik ortib bordi. Ma'lumki, mafkura muayyan bir ijtimoiy guruhning, millatning, xalqning, jamiyatning manfaatlarini o'zida mujassamlashtirgan aarashlar,g'oyalar tizimidir. Bu tizim o'zining falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, madaniy negizlariga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
902.95 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
902.95 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: ppt