Demokratiya kelib chiqishi va evolyutsiyasi

Demokratiya kelib chiqishi va evolyutsiyasi

O'quvchilarga / Huquq
Demokratiya kelib chiqishi va evolyutsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Demokratiya kelib chiqishi va evolyutsiyasi Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 48-modda. Reja: 1. Hozirgi davr demokratiyasining mohiyati, turlari. 2. Saylovlar - demokratiyaning asosiy shakli. 3. Referendumlar - bevosita demokratiya shakli. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o'rganishning o'ziga xos zarurat va sabablari mavjud. Birinchidan, bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to'g'risida muayyan mo''tadillashgan ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demokratik jamiyatning qiyofasi, asoslari, yashash va rivojlanishining umume'tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat, xalqning milliy-ma'naviy xususiyatlari bilan bog'liq jihatlari tobora keng miqyosda o'z ifodasini topmoqda. Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida barpo qilinganligi e'tirof etilmoqda. Ikkinchidan, O'zbekistonda barpo etilayotgan demokratik liberal jamiyat, uning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, o'rganish zarurati ham shu qonuniyat bilan bog'liqdir. I O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish dunyoda e'tirof etilgan demokratik tamoyillar va qadriyatlarga tayanish bilan birga, uning o'ziga xos xususiyatlarini milliy-madaniy merosi, qadriyatlari va milliy davlatchilik an'analariga tayangan holda yangi jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirish bilan bog'liq. Mustaqillik qo'lga kiritilmaganida, O'zbekiston o'z taraqqiyot yo'lini o'zi tanlay olmas edi. Mustaqillikning qo'lga kiritilishi O'zbekiston oldida mas'uliyatli vazifani qo'ydi. Shunda O'zbekiston qanday davlat quradi? - degan savolga dunyo jamoatchiligi ham alohida e'tibor bilan qaradi. O'zbekistonning istiqloli va insonlarning taqdiri ham, ularning qanday hayot tarziga ega bo'lishi, milliy-ma'naviy merosga munosabat, umumbashariy demokratik tamoyillarning uyg'unligini ta'minlash kabi jihatlar davlatchilik qurilishining qanday asosda amalga oshirilishi bilan bevosita bog'liqdir. Huquqiy madaniyat - qonun ustuvorligi asosi Fuqarolarning o'z huquq va qonuniy manfaatlarini bilishi, burchlariga qat'iy rioya etishi jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish va huquqiy madaniyatning yuksalishida muhim ahamiyatga ega. Shu bois aholining huquqiy madaniyatini oshirish davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ham bu masalaga alohida e'tibor qaratilib, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini tobora takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo'lib qolishi ta'kidlangan. Zero, jamiyatning demokratiya yo'lidan jadal rivojlanishi va bu boradagi islohotlarning samarasi ko'p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va madaniyati darajasiga bog'liq. Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lidagi izchil islohotlar jarayonida aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirishga alohida e'tibor qaratilayapti. Bunda mamlakatimizda umuminsoniy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, kodekslar, yuzlab qonunlar va boshqa hujjatlarning nafaqat qabul qilingani, balki ularning mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlariga yetkazishda davlat va jamoat tashkilotlarining uzviy faoliyati yo'lga qo'yilgani muhim ahamiyat kasb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:04 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga