Demokratiya prinsiplari va O'zbekistonda davlat hokimiyati tashkil etilishi

Demokratiya prinsiplari va O'zbekistonda davlat hokimiyati tashkil etilishi

O'quvchilarga / Huquq
Demokratiya prinsiplari va O'zbekistonda davlat hokimiyati tashkil etilishi - rasmi

Material tavsifi

Demokratiya prinsiplari va O'zbekistonda davlat hokimiyati tashkil etilishi Reja: 1. Demokratiya prinsiplari va O'zbekistonda davlat hokimiyati tashkil etilishining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari. 2. Qonun chiqaruvchi hokimiyat. 3. Ijroiya hokimiyat. 4. Sud hokimiyati. Demokratiya prinsiplari va O'zbekistonda davlat hokimiyati tashkil etilishining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari Umumdemokratik sivilizatsiyaning prinsiplari mushtarak, universal va hamma uchun bir xil talab-ehtiyoj maqomida bo'lsa-da, ular muayyan davlat, jamiyat qurilishiga qarab o'ziga xos, farqli xususiyatlarga ega. Bu - demokratik davlatchilik tajribasida bor haqiqat. Lekin qonuniyat shundaki, xalqaro tan olingan umummushtarak demokratik qadriyatlar-tamoyillarning har qanday demokratik davlat va jamiyat faoliyatida, uning konstitutsiyaviy asos-mohiyatida, albatta, ustuvor bo'lishi muqarrar. Bunday qonuniyatdan demokratik davlat maqomidagi mustaqil O'zbekiston ham, shubhasiz, chetda emas. Xo'sh, asl demokratik davlat va demokratik jamiyat qurilishining universal tamoyillari qanaqa? Birinchisi - Konstitutsiya va qonunning ustunligi; ikkinchisi - fuqarolarning teng huquqliligi; uchinchisi - inson huquqlari va erkinliklarining ustu-vorligi; to'rtinchisi - xalqning erkin xohish-irodasi; beshinchisi - hokimiyat tarmoqlarining taqsimlanishi; oltinchisi - hokimiyat organlarining saylab qo'yilishi; ettinchisi - hokimiyat organlarining saylovchilarga bo'ysi-nishi, jamoatchilik nazorati; sakkizinchidan -tayinlash yo'li bilan shakllanadigan davlat organlarining hisob berish burchi; to'qqizinchidan - inson huquqining davlat huquqidan, xalqaro huquqning milliy huquqdan ustunligi. Ushbu klassik tamoyillarga demokratiyaning universal uch mezoni, ya'ni: a) xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardorligi, ushbu jarayonlarda ongli faol ishtirok etishi; b) hukumat qarorlari, qonunlar ijrolari xalq tomonidan nazorat qilinishi (jumladan, jamoatchilik nazorati); v) oddiy fuqarolarning davlatni, jamiyatni boshqarishda ongli faol ishtiroki qo'shilib, haqiqiy demokratik sivilizatsiyaga, demak, demokratiyaning davlat va jamiyat qurilishining oliy, madaniy shakliga aylanishiga asos bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi maqom va mundarijasi, milliy davlat hokimiyatining tashkiliy qurilishi aynan yalpi umumdemokratik talablaru me'yorlarga javob bera oladigan ana shu prinsiplar hamda mezonlar bilan mumtoz. Jumladan, Konstitutsiyaning birinchi bo'limi - Asosiy prinsiplarda Konstitutsiya va qonunning ustuvorligi, 15-16-moddalar, shuningdek, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai (7-modda) ekanligi qayd etilgan.Davlat hokimiyati faqat xalq manfaatlarinigina ko'zlaydi. Demak, demokratiyaning xalqning xohish-prodasi tamoyili davlat siyosatining bosh maqsadi hisoblanadi. Asosiy Qonunning 18-moddasida O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, ya'ni ularning teng huquqliligi tan olinadi. 13-moddada inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi ta'kidlanadi. Boz ustiga, Asosiy Qonunning ikkinchi bo'limida insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquqlari, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari belgilab berilgan. Asosiy Qonunning beshinchi bo'limi yaxlit holda davlat hokimiyatining tashkil etilishiga bag'ishlangan va h.k. Mazkur faktlarning o'zi ham umumdemokratik tamoyillar bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy prinsiplari va normalari uyg'un mushtarakligini, demak, davlatimiz tub demokratik davlat maqomida ekanligini ortiq darajada isbotlaydi. Asosiy Qonunning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.05 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.05 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga