Demokratiya va saylovlvr, O'zbekistonda saylov tizimi

Demokratiya va saylovlvr, O'zbekistonda saylov tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Demokratiya va saylovlvr, O'zbekistonda saylov tizimi - rasmi

Material tavsifi

DYeMOKRATIYa VA SAYLOVLAR R e j a : O'zbekistonda saylov tizimi. Xalq hokimiyatchiligi. Siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning vakolatlari O'zbekistonda saylovlar tizimi. Konstitutsiyaning 23-bob 17-moddasi saylov tizimiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. O'zbekiston Respublikasida prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovlari umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotganlar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to'g'ridan-to'g'ri yoki bil vosita cheklashga yo'l qo'yilmaydi. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o'zida 2 ta vakillik organining deputati bo'lishi mumkin emas. Saylovlarda yashirin ovoz berish ta'minlanadi. Ovoz berish binosida saylov byuletenlarini tulg'azish uchun alohida xona yoki kabinet ajratilgan bo'ladi. Kabinada ovoz beruvchidan boshqa biron shaxsni bo'lishi man etiladi. Saylov byuleteniga saylovchining familiyasi yozilmaydi, biror raqam va belgi ham qo'yilmaydi. Saylov tizimining yana muhim xususiyati shuki, u ko'p partiyaviylik asosida o'tkaziladi. Sobiq ittifoq Respublikalari orasida biz birinchi bo'lib ko'p partiyaviylik asosidagi saylov tizimiga o'tdik. Fuqarolar mahalliy vakillik organlariga saylanish uchun 21 yoshga, oliy majlisga saylanish uchun 25 yoshga tulgan bo'lishlari kerak. Saylov kuni o'z turar joyida bo'lish imkoniyatiga ega bo'lmagan saylovchilarga engillik yaratiladi, ular oldinroq ovoz berish huquqiga ega. Ovoz berish binosiga kela olmaydiganlarga, salomatligi yomon saylovchilarga turgan joyida ovoz berish tashkil etiladi. Oliy majlis va mahalliy kengashlarga nomzodlar ko'rsatish hokimiyat vakillik organlari siyosiy partiyalar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari tomonidan amalga oshiriladi. Saylov belgilangan kundan kamida 6 oy burun Adliya vazirligi tomonidan ruyhatga olingan siyosiy partiyalar deputatlikka nomzod ko'rsatish huquqiga ega. Shuningdek fuqarolarning tashabbuskor guruhi va hokimiyat vakillik organlari nomzod ko'rsatadi. Siyosiy partiyalar va jamiyat birlashmalari. Demokratik huquqiy jamiyatni barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyati, odamlarning yangi demokratik qadriyatlarni idrok etishi masalalari bilan bog'liq. Shu tufayli turli siyosiy partiyalar va jamiyat birlashmalari shakllanishi va qaror topishi muhim o'ringa ega. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning faoliyati demokratik jamiyat uchun zarur bo'lgan siyosiy muxolifatni shakllantiradi. «Shuni yaxshi uqib olishimiz kerak», - degan edi I.A.Karimov Oliy majlisning VI-sessiyasida so'zlagan nutqida, - jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan, kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo'lmas ekan, davlat hokimiyatining barcha bo'g'inlarida o'zboshimchalik, valyuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korruptsiyasi singari illatlar bo'lmasligiga kafolat ham bo'lmaydi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat ko'rsatishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika parlamenti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.3 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.3 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga