Departament faoliyatining tashkiliy - huquqiy asoslari

Departament faoliyatining tashkiliy - huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Departament faoliyatining tashkiliy - huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Departament faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari Reja: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti faoliyatini tashkil etish. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida. Departament faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti tashkil etilgan Departament 2001 yilning 6 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 291-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Departamentni hamda uning joylardagi bo'linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrda tasdiqlangan Nizomi bilan tartibga solingan edi. Departament o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlar va farmoyishlarga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asosan olib boradi. Departament O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan mustaqil organ hisoblanadi, soliq va valyutaga oid intizomni mustahkamlashga oid tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, soliqqa oid jinoyatlarni va qonun buzilishlariga qarshi kurashish, davlatga etkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish asosiy maqsadi hisoblanadi. Departamentga lavozimiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o'rinbosariga tenglashtirilgan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Departament boshlig'i rahbarlik qiladi. Departament boshlig'ining o'rinbosari Departament boshlig'ining taqdimnomasiga binoan hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimda tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Hududiy boshqarmalarning boshliqlari va ularning o'rinbosarlari, Departamentning tuman va shahar bo'limlari boshliqlari Departament boshlig'ining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanidalar va lavozimdan ozod etiladilar. Departamentni hamda uning joylardagi bo'linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladi. Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: soliqqa va valyutaga oid jinoyatlar va qonun buzilishlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish; soliq siyosati amalga oshirilishini ta'minlash; soliqqa tortish bazalarini kengashtirish; soliq to'lovchilarning qamrab olinishi va hisobining to'liqligini ta'minlash; naqd pul mablag'lari muomalada bo'lishi belgilangan tartibi buzilishlarini oldini olish; soliqlarni to'lashdan bosh tortish, qochishning mumkin bo'lgan kanallari va mexanizmlarini, yashirin iqtisodiyotning shakllanish yo'llarini, valyutaga oid qonunbuzish holatlarini, korruptsiya holatlarini aniqlashga qaratilgan samarali tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish; normativ-huquqiy bazani, eng avvalo soliqqa va valyutaga oid qonun buzilishlarining oldini olish va bartaraf etish sohasidagi normativ- huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash; odamlarning huquqiy ongini mustahkamlash, fuqarolarda iqtisodiy faoliyat va soliq hamda valyuta siyosatini amalga oshirish sohasidagi konstitutsiyaviy normalarni hamda amaldagi qonun hujjatlarini bajarishning zarurligi tushunchasini shakllantirish; aholida soliqlarni to'lashdan bosh tortganlik, valyutaga oid qonunbuzilishlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.7 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.7 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga