Departamentning tezkor qidiruv faoliyati Reja: Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning qonunlar ijrosini ta'minlashi ustidan prokuror nazorati Departament surishtiruv organi sifatida. Departamentning tezkor qidiruv faoliyati Jinoyatlarni o'z vaqtida ochish va uni tergov qilish sifatini yaxshilash maqsadida, kerakli hollarda tezkor qidiruv faoliyati haqidagi ma'lumot hamda maxfiy hujjatlarni o'rganib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunning 32 moddasini 1-qismida ko'rsatilgan prokurorlarga berilgan vakolatlardan to'liq foydalanilgan holda og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni ochishda, doimiy ravishda harakatda bo'lgan tezkor qidiruv guruhidan keng foydalanilib, bu guruh faoliyatiga rahbarlik katta tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali xodimlar boshchilik qilmoqdalar. Jinoyat natijasida etkazilgan moddiy zararni qoplash, undirish, shuningdek musodara ehtimolini ta'minlash choralari ko'riladi. Tergov sifati hamda tergov va surishtiruv ustidan prokuror nazoratini yaxshilash, tezkor qidiruv samaradorligini oshirish choralari takomillashtirilmoqda. Ilmiy texnika vositalari, kriminalistika sohasidagi yangi yutuqlar va sud ekspertizalaridan keng ko'lamda foydalanilib, isbotlashning manbaalaridan hisoblangan bilvosita dalillar ahamiyatini sun'iy cheklab qo'yish hollariga barham berilmoqda. Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda qonunda ko'rsatilgan, jumladan dalillar to'plash, ularni mustahkamlash, baholashning barcha usullari imkoniyatlari ishga solinmoqda. Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning qonunlar ijrosini ta'minlashi ustidan prokuror nazorati - prokuratura organlari faoliyatida yangi yo'nalishdir. O'zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi 29 avgust 2001 yil kuni qabul qilingan 27 oktyabr 2001 yil kunidan kuchga kirgan Prokuratura to'g'risidagi qonuning 4-moddasi prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlariga bag'ishlangan bo'lib, shu asosiy yo'nalishlar ichida tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish bir yo'nalish qilib berilgan. Shular ichidan tezkor- qidiruv faoliyati haqida ilgari bizning qonunchiligimizda tushuncha berilmagan edi. Qator hamdo'stlik davlatlari qonunchiliklarida bu haqda alohida tushuncha mavjud. Masalan, Rossiya Federatsiyasida «Tezkor qidiruv faoliyati to'g'risida»gi qonun 13 mart 1992 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun bo'yicha tezkor qidiruv faoliyatiga yaxshi tushuncha berilgan. Barchaga malumki, O'zbekiston Respublikasining juda ko'p qonunlari sobiq ittifoq Respublikalarining qonunchiliklariga o'xshashdir. Chunki, ilgari shu davlatlarning qonunchiliklari asosini ittifoq qonunlari asoslari tashkil qilgan edi. Albatta, ittifoq tarqalgandan so'ng, har bir hamdo'stlik davlatlari o'zlarining o'z milliy va etnik kelib-chiqishlari, urf-odatlariga mos holda, o'z qonunlarini qayta ishlab chiqib, qabul qilganlar. O'zbekiston Respublikasida ham mustaqillikka erishilganidan so'ng, xuddi shu asoslarga ko'ra, yani, o'z milliy turmush tarzimiz, urf-odatlarimiz, ma'naviy boyliklarimiz va dunyoqarashlarimizga xos qonunlarni qabul qilina boshlandi. Hozirda, munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi 500 dan ortiq yangi qonunlar qabul qilingan. Hamdo'stlik davlatlari tomonidan qabul qilinayotgan bir qancha qonunlar predmeti bizning qonunlarimizga o'xshab ketadi. Shundan kelib chiqqan holda, hozircha O'zbekiston Respublikasi prokuratura to'g'risidagi qonun bo'yicha tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.72 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.72 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: doc