Din va xalqaro huquq

Din va xalqaro huquq

O'quvchilarga / Huquq
Din va xalqaro huquq - rasmi

Material tavsifi

Din va xalqaro huquq Reja: 1.Jahon dinlari va ularning xalqaro munosabatlar va diplomatiyadagi roli 2. Islom va xalqaro huquq Jahon dinlari - bu, milliy dinlardan farqli o'laroq, davlatlararo, millatlararo xususiyatga ega bo'lgan va keng miqyosda tarqalganligi bilan ajralib turuvchi dinlardir. Ateistlarning yaqin kelajakda dinlar yo'qolib ketishi haqidagi bashorati to'g'ri chiqmadi. Boz ustiga, XX asr oxiri - XXI asr boshlarida dinga qiziqish, uning odamlar, jamiyatlar va davlatlar hayotiga, siyosatga, xalqaro va millatlararo munosabatlarga ta'siri kuchaydi. Hozirgi xalqaro munosabatlarda jahon siyosatida har xil diniy birlashmalar va tashkilotlar bevosita ishtirok etishi bilan bog'liq din omili yanada bo'rtibroq ko'rinmoqda. Bu diniy birlashmalar va tashkilotlar asosan jahon dinlari - buddizm, iudaizm, xristianlik va islomga tegishli. Ijtimoiy-mafkuraviy hodisa sifatidagi islom (arab. - «o'zini Alloh irodasiga topshirish) nafaqat Arabiston jamiyatlari rivojlanishining tarixiy yakuni, balki qadimiyatdan o'rta asrlarga o'tish davrida butun Yaqin Sharqqa xos bo'lgan umumiy jarayonlarning natijalaridan biridir. Sof diniy nuqtai nazardan islomning vujudga kelishi undan oldingi dinlar - buddizm, iudaizm, xristianlik va zardushtiylikning ta'siri va rivojlanishi bilan ham, sinkretik monoteizmning o'ziga xos shakllariga ega bo'lgan Arabiston aholisi diniy ongining tadrijiy rivojlanishi bilan ham bog'liqligi kuzatiladi. V-VI asrlarga kelib Arabistonda uning shimoliy va janubiy hududlari - Nabitay, Palmir, Sabay, qisman Ximyarda joylashgan qadimgi davlatlar parchalanib ketdi. Arabistonning shimol, sharq va janubdagi ayrim hududlari asta-sekin qo'shni davlatlar - Sosoniylar Eroni, Vizantiya, Aksum podshohligining bevosita hukmi ostiga o'ta boshladi. qadimgi jamiyat negiziga putur yetishi ijtimoiy ziddiyatlarning barcha turlarini keskinlashtirib yubordi, shakllangan ijtimoiy aloqalar yo'qolishiga olib keldi, jamiyatning turli qatlamlari, qabilalar, ko'chmanchilar va o'troq aholi o'rtasidagi nifoqni kuchaytirdi. Bularning hammasi islomga qadar bo'lgan arab xalqlari hayotida behalovatlikning kuchayishi, fatalizm paydo bo'lishiga olib keldi. Ayni shu holat ko'pgina eski xudolardan hafsalasi pir bo'lgan arablarning ma'naviy izlanishlarini ham rag'batlantirdi. Shu narsa diqqatga sazovorki, yangi Arabiston dunyosi aynan shu davrda vujudga kela boshladi. Ko'chmanchilar va o'troq aholining o'zaro nisbatiga asoslangan, taxt deyarli doim ko'chmanchilar qo'lida bo'lgan yangi davlatlar, chunonchi: Lahmiylar, Hassaniylar, Kindiylar podshohligi, qisman Ximyar tashkil topdi. Ko'chmanchi qabilalar va shahar aholisining yangi ittifoqlari vujudga keldi. Yangi savdo-siyosiy markazlar (masalan, Makka) tashkil topdi. Arabiston xalqlarining etnik va madaniy birlashish jarayoni boshlandi. Yuqorida zikr etilgan hududlarda yagona arab tili, ijodiyot, umumiy o'zlikni anglash unsurlari keng tarqaldi. Urug'doshlik tuzumidan ilk sinfiy jamiyatga o'tish jarayoni kuchaydi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarni g'oyaviy jihatdan asoslashga bo'lgan ehtiyoj, ularni rivojlantirishga intilish Arabistonning deyarli barcha qismlarida bir-biriga o'xshash hodisalarni - qabilalar va shaharlarni birlashtirishga, tashqi dushmanlarga qarshilik ko'rsatishga harakat qilgan siyosiy harakatlarni vujudga keltirdi. Bu harakatlarga iloh bilan bevosita ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 52.82 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 52.82 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga