Diniy va an'anaviy huquqiy oilalar Reja: Islom huquqiy oilasi. Eron Islom Respublikasining zamonaviy huquqiy tizimi. Diniy va an'anaviy huquqiy oilalar Ma'lumki, islom dini arablarning katta ijtimoiy taraqqiyot yo'lidan ilgarilab borishda muayyan bir tarixiy zaruriyat sifatida vujudga kelgan. Al-Islom yoki Islom degani Ollohga o'zini bahshida etgan, xudojo'y, itoatkor degan ma'nolarni anglatadi. Islom o'zidan avval shakllangan dunyo dinlari-zardushtiylik, xristianlik va iudizm dinlarining bevosita ta'sirida shakllangani, shubhasiz. Uning qonun-qoidalarida, asosan arablarning avvaldan mavjud bo'lib kelgan urf-odatlari, qoidalari va qonunlari o'z aksini topgan. Islom haqida gap borganda, biz eng avvalo uning tag ildizlariga yetib borishimiz, yolg'on ta'limotlarning butun soxtakorligini fosh etishimiz kerak bo'ladi. Xususan islom va hokimiyat, islom va huquq singari hozirgi zamon siyosiy-iqtisodiy va harakatlar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishimiz lozim bo'ladi. Hozirgi zamon islom davlati konsepsiyasi mazmun-mohiyatiga to'xtaladigan bo'lsak, u bugungi murakkab bir xalqaro vaziyatda islom mafkurachilari tomonidan turlicha sharxlanmoqda. Masalan, Saudiya Arabistoni davlat mafkurachilari uni ideal sifatida davlat tizimi Islomga binoan mukammallikka erishganligini ko'rsatishga urinadilar. Hozirgi zamonda amaldagi mavjud islom davlatlarida diniy va dunyoviy davlat g'oyalarini turlicha tushunish va tavsiflash mavjud. Saudiya Arabistoni, Eron kabi islom davlatlarida islom va uning shariat tizimi joriy etilishiga ko'ra, ular o'zlarini sof, haqiqiy islom davlatlari deb hisoblashdi. Boshqa bir guruh davlatlar, masalan, Turkiya, Indoneziya va boshqalarda Islom asosiy mafkura, shariat qonun-qoidalari huquq darajasida bo'lsa-da, oldingilariga qaraganda dunyoviy masalalarga ham jiddiy e'tibor beruvchi davlatlardir. Suriya, Mazoir, Tunis, Misr kabi mamlakatlar esa o'ziga xos yo'l tanlagan. Ular dunyoviylikni tan olgan holda davlatni idora qilishda demokratik institutlarga e'tibor qaratish bilan birga, o'z Konstitutsiyalarida davlat vakillik organlariga Islomni tan olmaydiganlar saylanmasligi belgilab qo'yilgan. Xuddi shuningdek, bu davlatlarning siyosiy faoliyatida Islomni asosiy manba va mafkura deb tan olmaydigan partiyalarga ham ruxsat berilmagan. Ayrimlarida musulmon ulamolarining kengashi bo'lib, ular davlat qabul qiladigan qonunlar va ularga tenglashtirilgan aktlarni islom manbalariga to'g'ri kelishligini kuzatib boradi. Biz musulmon huquqiy oilalari mavzusini tanlashimizdan maqsad, aynan shu mavzu orqali islom huquqiy tizimi haqida, hozirgi globallashayotgan dunyoda jadallashib borayotgan Islomning ba'zi bir davlatlardagi roli va o'rni haqida ma'lumot bermoqchimiz va ushbu davlatlarning xarakterli xususiyatlarini ochib bermoqchimiz. Islom huquqiy oilasi. Arab xalifaligining o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan huquqiy tizimi-musulmon huquqi 7-10 asrlar mobaynida paydo bo'lib, islom dinining manbalari bo'lmish Qur'oni Karim, sunna, ijmo hamda qiyos asosida shakllangan. Musulmon huquqi - shariat o'rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyasining katta hodisasi hisoblanadi. Uning rivojlanish jarayoni arab davlatchiligining 7 asr boshida, ya'ni Muhammad salollohu alayhi vassallam davrida kichik diniy jamoadan 8-10 asrlarda yirik imperiyalardan biriga o'sib o'tishi jarayoni bilan chambarchas bog'liq. Musulmon huquqi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
124.15 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
124.15 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: doc