Diplomatik huquq asoslari

Diplomatik huquq asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Diplomatik huquq asoslari - rasmi

Material tavsifi

Diplomatik huquq asoslari Reja: KIRISH TASHQI SIYOSAT VA DIPLOMATIYA TUSHUNCHASI DAVLATNING TASHQI ALOQALAR OLIB BORUVCHI ORGANLARI TIZIMI DIPLOMATIK VAKILNING AKKREDITATSIYASI, IMTIYOZ VA IMMUNITETLARI 4.O'zbekiston RespublikaSIDA DIPLOMATIK XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Konstitutsiyasi 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi konstitutsiyaviy qonunning muhim jihatlarini rivojlantiradi. Ushbu hujjatda xalqaro huquq suveren davlat qurilishidagi muhim manba sifatida qabul qilinadi. Bu bilan O'zbekiston Konstitutsiya darajasida jahon hamjamiyatiga o'zining xalqaro huquqni umume'tirof etilgan normalari va prinsiplariga sodiqligini ko'rsatdi. Ushbu holat yosh davlatni dunyodagi eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga to'la huquqli a'zo bo'lib kirishi uchun imkon tug'diradi va O'zbekistonni diplomatik tan olinishi va mamlakatimizni xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarga jadal kirib borishi uchun zamin yaratdi. xalqaro munosabatlar - siyosiy, iqtisodiy madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa aloqalarning, davlatlar hamda davlatlar tizimlari, asosiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy tashkilotlar hamda harakatlarning o'zaro munosabatlari majmuidir. xalqaro munosabatlar o'zining mohiyatiga ko'ra biron-bir davlatning vakolati va yurisdiktsiyasidan tashqariga chiqadi va bir qancha davlatlar yoki xalqaro hamjamiyatning vakolati va yurisdiktsiyasining obyektiga aylanadi. xalqaro munosabatlarda davlatlararo munosabatlar asosiy o'rinni egallaydi. Bundan tashqari davlatlararo harakaterga ega bo'lmagan xalqaro aloqalarga-yuridik va jismoniy shaxslar (xorijiy elementlar yoki xalqaro elementlar), shuningdek xalqaro hukumatga tegishli bo'lmagan va xalqaro xo'jalik tashkilotlari orasidagi aloqalar misol bo'la oladi. «O'zbekiston-xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti» degan konstitutsiyaviy qoida O'zbekiston Respublikasining hozirgi dunyodagi o'rnini bildiribgina qolmay, mamlakatimizning haqiqatdan ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi ekanligini ko'rsatadi. Bu quyidagilarni anglatadi: Birinchidan, O'zbekiston suveren davlat sifatida zamonaviy xalqaro huquqni umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari va o'zi qo'shilgan xalqaro shartnomalar bilan bog'liq bo'lib, davlatimizning roziligisiz boshqa majburiyatlar zimmamizga yuklatilishi mumkin emas; Ikkinchidan, O'zbekiston hududida davlat hokimiyati chegaralanmaydi va xalqaro huquqning hech qaysi bir subyekti bunga aralashish huquqiga ega emas, o'zining hududidan tashqarida u o'z hokimiyatini faqat boshqa manfaatdor davlat roziligi bo'lgandagina amalga oshirishi mumkin; Uchinchidan, O'zbekiston xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan diplomatik aloqalarni amalga oshirib, ikki tomonlama va ko'p tomonlama xalqaro shartnomalarni tuzib, davlatlararo munosabatlarda bevosita qatnashadi. Konstitutsiya asosida O'zbekiston Respublikasini xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti ekanligini ko'rsatuvchi huquqiy asoslar yaratildi. Quyidagilar tashqi aloqalar sohasida qabul qilingan asosiy hujjatlardir: 1996 yilda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi Qonun, 1992 yilda qabul qilingan «Diplomatik vakolatxonalar boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish to'g'risida»gi Qonun, 1992 yilda qabul qilingan «Diplomatik xodimlarning darajalarini o'rnatish to'g'risida»gi Qonun, tashqi iqtisodiy sohada emas, 1992 yilda qabul qilingan «Xorijiy sarmoyalar to'g'risida»gi Qonun, 200 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida»gi qonun, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 59.42 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 59.42 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga