xalqaro HUQUQ MAVZU: Diplomatiya va konsullik huquqi Diplomatik huquq tushunchasi, tizimi va manbalari Diplomatik korpus. Diplomatik vakolatxona va uning xodimlarining immuniteti, imtiyozlari va imkoniyatlari Konsullik huquqining tushunchasi va manbalari. Konsullik muassasalari va ular xodimlarining immunitet va imtiyozlari. DARSNING REJASI Diplomatik huquq - xalqaro-huquqiy normalarning nisbatan mustaqil tizimi bo'lib, xalqaro munosabatlarda davlatlar vakilligini tartibga soladi. Mazkur munosabatlarning ishtirokchilari davlatlarning o'zlari bo'lib, ushbu xalqaro munosabatlar huquqiy munosabatlar xarakterini oladi. Tegishli diplomatik muassasalar funksiyasi o'z davlati manfaatlarini u ishtirok etayotgan turli xalqaro (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) munosabatlarda himoya qilishdir Diplomatik huquq tizimi diplomatiyaning asosiy shakllariga: Diplomatik korpus Diplomatik korpus keng ma'noda ushbu davlatdagi chet el diplomatik vakolatxonasi diplomatik xodimlari, shuningdek, ularning oila a'zolari yig'indisidir. Diplomatik korpus tashkilot hisoblanmaydi. Diplomatik korpus boshlig'i unvoni (mansabi) bo'yicha yuqori va tegishli davlatga vakil qilib yuborilgan vaqti jihatidan eng ko'p ishlayotgan diplomatik vakil (duayen, oksokol) sanaladi. Ba'zi xatolik davlatlarda diplomatik korpus boshlig'i Rim papasi nunsiysi hisoblanadi Diplomatik korpusning chiqishi faqat rasmiy tantana vaqtlaridagina (milliy bayramlar, tabriklash marosimlarida) ruxsat beriladi. Diplomatik korpus a'zolarining diplomatik sifatlarini tasdiqlash uchun ko'pgina davlatlarning mahalliy hokimiyati organlari diplomatik guvoxnomalar beradi. DIPLOMATIK VAKOLATXONA VA UNING XODIMLARINING IMMUNITETI, IMTIYOZLARI VA IMKONIYATLARI Diplomatik vakolatxona yoki maxsus missiya o'z faoliyatini qabul qiluvchi davlat hududida amalga oshiradi. Ular o'zlarining vakillik xarakteri va funksiyasidan hamda xodimidan kelib chiqib, qabul qiluvchi davlat tomonidan ta'minlab berilishi lozim bo'lgan alohida yuridik maqomga ega bo'ladilar. Tashqi aloqalar organlarining ushbu xalqaro-huquqiy maqomi immunitet, imtiyoz va imkoniyat tushunchalari bilan belgilanadi. Immunitet yuboruvchi davlat tashqi aloqalar organlari va ular xodimlarining vakolat va funksiyalarini qabul qiluvchi davlatdan mustaqil tarzda amalga oshira olishlarini ta'minlaydi. Imtiyoz va imkoniyatlar ular faoliyatining samaradorligiga ko'maklashish uchun xizmat qiladi. Diplomatik vakolatxona yoki maxsus missiya va ular xodimlarining immuniteti yuboruvchi davlat organlari sifatida davlat immuniteti degan yanada kengrok tushunchaning emanatsiyasidir. Davlat immuniteti - tegishli davlatlararo huquqiy munosabatlar mohiyatining jamlangan ko'rinishidir. xalqaro huquqda davlat immuniteti barcha davlatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda amal qiluvchi davlatlararo munosabatlarning tamoyillaridan (umumiy normalaridan) biridir. U odatiy norma sifatida shakllangan va shu asosda davlatlararo munosabatlarni tartibga solmokda. Hozir mazkur tamoyil yuqorida tilga olingan Konvensiyada ham o'z ifodasini topgan. Shuning uchun uni nafaqat davlatlarning uzoq amaliyotini umumlashtirish natijasida, balki mazkur Konvensiyada o'z ifodasini topgan xalqaro-huquqiy normalar mohiyatidan kelib chiqib ham belgilash mumkin. Diplomatik vakolatxona va maxsus missiyalar immuniteti qatoriga: Diplomatik agentlar (vakolatxona boshligi va uning diplomatik vakolatxona xodimlari), yuboruvchi davlat maxsus missiyalari vakillari va ular diplomatik xodimlari immuniteti qatoriga: birinchidan, ular shaxsining daxlsizligi (jumladan, xibsga olinishlari yoki boshqa biror shaklda ushlanishlari mumkin ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
197.11 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
197.11 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx