Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va oldini olishdagi profilaktika tadbirlari

Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va oldini olishdagi profilaktika tadbirlari

O'quvchilarga / Huquq
Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va oldini olishdagi profilaktika tadbirlari - rasmi

Material tavsifi

Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va oldini olishdagi profilaktika tadbirlari Reja: Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tushunchasi, turlari va tavsifi Yo'l harakati xavfsizligi bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etuvchilarning shaxsi, ularning kriminologik tavsifi Yo'l harakati xavfsizligi bilan bog'liq jinoyatlar va baxtsiz hodisalarning sabab hamda sharoitlari Yo'l harakati xavfsizligi bilan bog'liq jinoyatlarning oldini olishda profilaktik chora-tadbirlar Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tushunchasi, turlari va tavsifi Ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga keladigan jinoyatchilik o'ziga xos ravishda jinoyat qonunchiligida mavjud bo'lgan ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan va turli ijtimoiy munosabatlarga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni o'z ichiga olgan umumiy tushunchadir. Kriminologiya nuqtai nazaridan baholashda ham boshqa jinoyatchilikka xos bo'lgan sifat va miqdor ko'rsatkichlari (umumiy holati, miqyosi, tizimi, dinamikasi kabilar) e'tiborga olinadi. Shu o'rinda aksariyat ehtiyotsizlik orqasidan yuzaga keladigan qil- mishlar latent holatida ekanligini ham e'tibordan chetda qoldirilmaslik lozim. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatchilikning xavfi ko'p hollarda bu jinoyatchilik natijasida jamiyatga sezilarli darajadagi zarar yetkazilishidir. Ijtimoiy hayotning qaysi sohasida sodir etilishi bilan bog'liq holda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatchilik quyidagi qilmishlar oqibatida ro'y beradi: turmushdagi ehtiyotsizlik; texnika xavfsizligi; kasbiy ehtiyotsizlik; mansab vazifasini bajarish yuzasidan kelib chiqadigan ehtiyot- sizliklar. Xususan, ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyatlar sifatida yo'l- transport vositalari bilan bog'liq jinoyatlarni ko'rsatish mumkin. Shuningdek, ushbu jinoyatlarning oldini olishda ichki ishlar organlari yetakchi o'rinni egallaganligi va jinoiy javobgarlikka tortiluvchi qilmishning mavjudligini e'tiborga olgan holda kengroq to'xtalish maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki, yo'l transportidan foydalanish qoidalarini buzish natijasida kelib chiqadigan jinoyatlar jinoyat qonunchiligida ko'zda tutilgan aybli qilmishning sodir etilishi bilan uzviy bog'liqdir. Yo'l-transport hodisasi tufayli kelib chiqadigan oqibat esa jinoyat yoki nojo'ya xatti-harakatning chegarasini bildiradi, ya'ni oqibat qanday yuzaga keldi (jinoyat qonunchiligida belgilangan holatmi yoki boshqa huquqiy normalar asosida belgilanganmi), shunga ko'ra, qilmish jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik sifatida baholanadi. Shuning uchun ham yo'l harakati qoidalari buzilishining oldini olish ayni paytda yo'l-transport vositalari bilan bog'liq jinoyatlarning oldini olish bo'lib ham hisoblanadi. Jinoyat statistikasi bo'yicha yo'l harakatlari qoidasining buzilishidagi faqat o'lim bilan bog'liq holatlar jinoyat-qidiruv yo'nalishi bo'yicha hisobga olinadi, qolgan barcha hodisalar esa tegishli xizmat sohalariga taalluqligi asosida hisobga olinadi. Statistika ma'lumotlarining tahlilidan ma'lum bo'l- diki, har 10 ming transport vositasiga nisbatan olinganda yo'l-transport bilan bog'liq jinoyatlarning kamayayotganligini ko'rish mumkin. Bu esa transport vositalarining ko'payishi yo'l-transport hodisalari bilan bog'liq holda kechmasligining ifodasidir. «Yo'l-transport hodisasi» tushunchasi nafaqat jinoyat bilan bog'liq hodisa sifatida, balki ichki tartibni buzish, ma'muriy yoki boshqa javob- garliklar bilan uzviy bog'liqdir, shu bilan birga, hodisa yo'l harakati qatnash- chilarining aybi bilan bog'liq bo'lmagan hollarda ham yuzaga kelishi mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.62 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.62 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga