Ekologiya jinoyatlarini tergov qilish Reja: 1. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning oqibatlari 2. Jinoyat ishini qo'zg'atish 3. Jinoyat mohiyatini isbotlash Hozirgi sharoitda ekologik muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Tuproq, yer osti boyliklari, havo, suv muhiti, o'simlik va hayvonot olamiga juda katta zarar yetkazib kelayotgan ekologik jinoyatlarga qarshi samarali kurashish muhim ahamiyatga ega. Ekologik jinoyatlar tergovining samaradorligi, eng avvalo, tergovchining mazkur korxona va tozalash inshooti ishlashini tashkil etishning o'ziga xos tomonlarini bilishiga bog'liq. Bu jinoyatlarning barchasi tergov uslubi nuqtai nazaridan bir xil ko'rinishga ega va o'z kriminalistik belgilariga ko'ra, yani sodir etilish tarzi, mexanizmi va shart-sharoiti, sodir etgan shaxs va keltirgan zarar xarakteri jihatdan bir-biriga juda o'xshashdir. Mazkur toifadagi ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarni tergov qilish va ochish ekologik jinoyatlar qoldirgan tipik moddiy izlarda kriminalistik alomatlar butunlay aniq namoyon bo'lishi va uyg'unligiga bog'liq. Masalan, tabiiy muhitning ifloslanishi turli kimyoviy vositalardan foydalanish, energetik issiqlik, shovqin, tebranish, radiatsiya tarzida haddan ziyod tarqalishi atrof-muhit tarkibiy qismini biologik va fizik tuzilmalar va sifat jihatdan jiddiy og'ishlarga olib keladi. Tuproq va yer osti boyliklari, daryo, ko'llar, suv omborlari, kanallar, suv havzalari, sizot suvlari, muzliklar va hoka'zolar asosan sanoat, transport, kommunal xo'jaliklar va boshqa korxonalardan chiqqan tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqovalardan ifloslanadi. Havo bo'shlig'i esa asosan qora va rangli metallurgiya korxonalari, kimyoviy, energetik, neftni qayta ishlash sanoati tomonidan normativ hujjatlarda belgilangan va ruxsat etilgan kontsentratsiya (REK)dan yuqori miqdorda chiqariladigan uglevod oksidi, oltingugurt, qo'rg'oshin, azot oksidlari, simob, vodorod sulfidi va boshqa jonli mavjudot uchun xavfli bo'lgan moddalardan ifloslanadi. Ekologik zarar keltiradigan qilmishlarni aniqlashda quyidagilarga etiborni qaratish kerak: 1) mazkur hududda mavjud chiqindi chiqaradigan tabiatni ifloslaydigan manbalar ishlab chiqarish korxonalari qancha ekanligi; 2) chiqindining REKdan yuqoriligi, ularning miqdori, ifloslanishning davomiyligi, vujudga kelgan ekologik xavflilik darajasi; 3) tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqovalar, tashlandiq va chiqindilarni suv havzalari va atmosferaga chiqarish sabablari; 4) atmosfera va suv muhitini ifloslashda aybdorlar, ayniqsa noto'g'ri ko'rsatmasi tufayli haloqatli oqibatlarga sabab bo'lgan shaxslar; 5) jinoiy oqibatlarga olib kelgan xatti-harakatlar, ularning yuz bergan va davom etgan vaqti, zararli oqibatlarni bartaraf etish imkoniyatlari va boshqalarni belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Bir qator holatlarda davlat organlarining sanitariya nazorati va boshqa inspeksiya xodimlarining talablari, yo'l-yo'riq va ko'rsatmalarini bajarmaslik, tozalash inshootlarini qurish yohud ta'mirlashdan bosh tortish natijasida havo va suvlar ifloslanmoqda. Bunda ko'rsatmalarni bajarmaslik sabablari va vajlarini belgilash, korxona rahbari yohud bevosita ijrochilar aybini aniqlab olish zarur. Tergov ishlari mukammalligini ta'minlash uchun jinoyat sodir etishga olib kelgan engillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi vaziyat bo'yicha ayblanuvchilarni shart-sharoitlarini aniqlash lozim. Ishlab chiqarishni tashkil etish, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.45 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.45 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: doc