Elvin Tofflerning postindustrial jamiyat haqidagi qarashlari

Elvin Tofflerning postindustrial jamiyat haqidagi qarashlari

O'quvchilarga / Huquq
Elvin Tofflerning postindustrial jamiyat haqidagi qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Elvin Tofflerning postindustrial jamiyat haqidagi qarashlari KIRISh Bitiruv ishing dolzarbligi. Hozirgi vaqtda axborotlarsiz ishlab chiqarish rivojlanishini tasavvur qilib bo'lmaydi, axborot maydoni jamiyat hayotiga o'zining jiddiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Shuning uchun axborot fan va ijtimoiy hayotning eng muhim sohalaridan biriga aylandi. Undan samarali foydalanish yo'llari va imkoniyatlarini topish jamiyat taraqqiyotining barcha sohalari va ayniqsa, iqtisodning zaruriy asosini tashkil qiladi. Axborot ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotning muhim omilidir. Shu sababli ham u inson tafakkuriga turli yo'nalishlarda ta'sir o'tkazuvchi, insoniyat hayotini, taqdirini u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh ijobiy goh salbiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylandi. Prezidentimiz I.Karimov «hozirgi axborot, kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo'lib borayotgani haqida gapirib o'tirishga hojat yo'q» va Bizning oldimizda axborot sohasini demokratik isloh etish, so'z va axborot erkinligini ta'minlash bo'yicha keng miqyosdagi vazifalar turibdi. Demokratik jamiyatni matbuot erkinligisiz, o'z xohish-irodasini erkin bildirish va saylov erkinligisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.-deya takidlaydi. Postindustrial jamiyat g'oyasi ijtimoiy-falsafiy va ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiya sifatida jamiyatning texnika va texnologiya hamda bozor iqtisodiyoti sohasidagi intelegensiyasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash manosida shakllantirilgan. Bu yo'nalishning nazariyotchilari Aron, Gelbreyt, A. Berli, Bell, J.Furaste, Z. Bjezinskiy, Turen, Ye. Masuda, Toffler, P. Grant va boshqalar jamiyatning zamonaviy masalalari hozirgi insoniyat istiqbolini belgilab olishda va shu sohada tub islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ilmiylik asosida isbotlashga harakat qilganlar. Sotsiolog va neokontservatist Daniel Bell postindustrial jamiyat nazariyasini ontogonistik jamiyat nuqtai nazardan tahlil qilib uni uch turga bo'lib, uni uch bosqichda rivojlanib borishini, yani industrial jamiyatgacha bo'lgan industrial va postindustrial jamiyatni ko'rsatib o'tgan bo'lsa, uning zamondoshi Elvin Toffler o'zining «uchinchi to'lqin» nazariyasi orqali bu jamiyat xususida batafsil ilmiy-ommabop fikr-mulohazalarini bildirib o'tadi. Tofflerningsh fikricha jamiyat hayotida o'zgarishlarni hosil qilgan birinchi to'lqinda asosiy boylik yer hisoblanib, arag faoliyatga katta etibor berilgan bo'lsa, «Ikkinchi to'lqin»da ishlab chiqarish, yani korporatsiyalar faollik ko'rsatganlar. Uchinchi to'lqin avtomatika, elektronika va kompyuterlashtirishni jamiyat miqyosida keng tarqalishi va reaktiv samolyootlar, kasallikka qarshi maxsus tabletkalarni ishlab chiqarish bilan belgilanadi. Tofflerning postindustrial jamiyat to'g'risidagi yondashuvini J.Furaste, Turenlar kabi radikal yo'nalishda (ovropacha variant) emas, balki lebiral yo'nalishda shakllantirgan. Tofflerning birinchi to'lqin nazariyasida ommaviy jamiyatga xos bo'lgan texnika va texnologik jarayonni ekvivalentligi kuzatilgan bo'lsa , «Ikkinchi to'lqin»da industrlashtirish ustivor o'rin egallagan. Uchinchi to'lqinda esa, iqtisodiy, ijtimoviy tuzulmaviy, fan va aloqalar tizimidagi o'zgarishlar bilan belgilanadi. Bitiruv ishining ishlanganlik darajasi. Toffler qarashlariga bevosita va bilvosita to'xtalib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.73 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.73 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga