yer-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 5-mavzu yer va xotinning umumiy mulki yer va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo'lajak yer-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko'rsatilmagan bo'lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. yer va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (yer va xotinning umumiy mol-mulkiga) ulardan har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari. Ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga mo'ljallanmagan boshqa pul to'lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo'lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo'qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to'langan summalar va boshqalar) kiradi. yer va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko'chimli va ko'chmas ashyolar, qimmatli qog'ozlar, omonatlar, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda yer va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari kiradi. yer yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag'lari kimning nomiga yoki yer va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo'lishidan qat'i nazar, ular ham yer va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi. yer va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo'lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir. yer va xotinlardan har birining mulki yer va xotinning nikohga qadar o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining shaxsiy mulki hisoblanadi. yer va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lish yer va xotindan birining talabiga ko'ra, ular nikohda bo'lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek, kreditor yer va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo'lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin. yer va xotinning umumiy mol-mulki yer va xotin o'rtasida o'zaro kelishuv asosida bo'lib olinishi mumkin. Nizo tug'ilgan hollarda yer va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lish, shuningdek, yer va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi. yer va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o'rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo'yilgan omonatlar o'sha bolalarga tegishli hisoblanib, yer-xotinning umumiy mol-mulkini bo'lish paytida e'tiborga olinmaydi. yer va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo'lingan taqdirda, yer va xotin mol-mulkining bo'linmay qolgan qismi, shuningdek, yer va xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi. Nikohdan ajralgan yer va xotinning umumiy mol-mulkni bo'lish to'g'risidagi talablariga nisbatan uch yillik da'vo muddati qo'llaniladi. Savol va topshiriqlar: 1. yer va xotinning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx