yer va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 6-mavzu Nikoh shartnomasi Nikoh shartnomasi - nikohlanuvchi shaxslarning yoki yer va xotinning nikohda bo'lgan davrida va (yoki) yer va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi. Nikoh shartnomasi yer va xotin mulkining shartnomaviy rejimi hisoblanadi. Nikoh shartnomasi yoki kontrakt- oddiy bitim bo'lib, sud jarayonida bu bitimga nisbatan uni tuzgan shaxslar tomonidan ham, boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan ham e'tiroz bildirilishi mumkin. Nikoh shartnomasida yer-xotin oila xarajatlarini birgalikda ta'minlash va amalga oshirish, bir-birining daromadlarida ishtirok qilish bo'yicha o'z huquqlari va majburiyatlarini belgilab olish, nikoh bekor qilingan taqdirda yer-xotinning har biriga beriladigan mulkni tayinlash, shuningdek, nikoh shartnomasiga yer-xotinning mulkiy munosabatlariga taalluqli boshqa qoidalarni kiritish huquqiga egalar. Nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo'lgan bitimlar tarkibiga kiradi, shartnoma vakillar orqali tuzilishi mumkin emas. Nikoh shartnomasi - nikoh bekor qilingandan so'ng kimga qanday mulk tegishli bo'lishini aniq belgilab beradi. Unda yer-xotin o'rtasida birgalikda orttirilgan mulk chegaralari belgilanadi, nikoh bekor qilingandan so'ng do'stona munosabatlar imkoniyati saqlanib qoladi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. yer va xotin nikoh shartnomasiga ko'ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o'zgartirishga, yer va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud yer va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o'rnatishga haqlidir. Nikoh shartnomalari, odatda, davlat ro'yxatidan yoki boshqa maxsus ro'yxatdan o'tkaziladigan mulklarga nisbatan tuziladi. Nikoh shartnomasi shartlarida tomonlarning nikohda va u bekor bo'lganida yer va xotin mulkiy munosabatlarining muhim jihatlari bo'yicha nizomlar qayd etiladi. Nikoh shartnomasi yer-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi. Nikoh shartnomasi yer-xotindan birining talabi bilan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Savol va topshiriqlar 1. Nikoh shartnomasini fuqarolik huquqidagi boshqa shartnomalar bilan taqqoslang va nikoh shartnomasiga kiritilishi lozim bo'lgan hamda kiritilishi mumkin bo'lmagan shartlarning o'zaro farqini tahlil qiling. 2. Nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr nazarda tutiladimi? 3. Nikohni tegishli tartibda qayd qilmay turib yer-xotin bo'lish mumkinmi? 4. Nima uchun nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi zarur bo'lgan bitimlar tarkibiga kiradi? ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.51 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.51 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx