Er va xotinning huquq va majburiyatlari

Er va xotinning huquq va majburiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Er va xotinning huquq va majburiyatlari - rasmi

Material tavsifi

yer va xotinning huquq va majburiyatlari Reja: yer-xotinning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlari yer-xotinning mulkiy munosabatlari yer-xotinning majburiyatlar bo'yicha javobgarligi yer-xotinning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlari. yer-xotinning mulkiy munosabatlari. yer-xotinning majburiyatlar bo'yicha javobgarligi yer-xotinning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlari yer-xotin o'rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bo'lsa, oila ham shunchalik mustahkam bo'ladi, bolalarni tarbiyalash ishi to'g'ri olib boriladi. Binobarin, mamlakatimizda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurishda hamda nikoh munosabatlarini tartibga solishda huquqiy normalarning ahamiyati yuqoridir. Qonunda belgilangan qoidalarga binoan tuzilgan nikoh yer va xotin uchun huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi, boshqacha qilib aytganda yer-xotin munosabatlari vujudga keladi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquqlar yer va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamda faqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo'ladi. Demak, u faqat shu ma'noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. yer-xotinning har biriga tegishli bo'lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilan emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Bunda xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo'lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar. Bu qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo'yilgan. yer-xotinning qayd etilgan nikohi natijasida vujudga kelgan huquq va majburiyatlari ikki xil ─ shaxsiy va mulkiy bo'ladi. Shaxsiy huquqlarning ko'pi yer-xotinning nikohi tufayli yuzaga keladigan huquqi kabi, nikohga o'tgunga qadar ham ularga tegishli bo'ladi. Masalan, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarini hal qilish, mashg'ulot turi, kasb va turarjoy tanlash huquqlari shular jumlasidandir. Bunday holatlar ularning mehnat va fuqarolik huquqi muomala layoqatining elementi bo'lib, oila huquqi sohasiga kirmaydi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquqlar yer va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamda faqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo'ladi. Demak, u, faqat shu ma'noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. yer-xotinning har biriga tegishli bo'lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilangina emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmati O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20-100-moddasiga muvofiq himoya qilinadi. Oilaviy munosabatlarda yer-xotinning shaxsiy huquqlari mulkiy huquqlariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega bo'lib, ularning hajmi, mazmuni, xarakteri yer va xotinning oilaviy huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi sifatidagi huquqiy holatini belgilab beradi. Oilada yer va xotinning teng huquqliligi. Konstitutsiyaning 18-moddasiga asoslangan va tenglik tamoyilidan kelib chiqib, Oila kodeksining 19-moddasida oilada yer va xotinning teng huquqliligi belgilab qo'yilgan. Barcha huquqiy munosabatlarda yer-xotin huquqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab-baravar huquqlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham yuklanadi. Bu tamoyil to'la amalga oshiriladi va moddiy ta'minlangan. yer-xotin mulkiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 995.36 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 995.36 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga