Er xotin majburiiyatlari

Er xotin majburiiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Er xotin majburiiyatlari - rasmi

Material tavsifi

yer-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari Reja: yer-xotin majburiyatlarining vujudga kelish asoslari; Oilada yer va xotinning teng huquqligi; yer va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari; Nikoh shartnomasi. yer-xotin majburiyatlarining vujudga kelish asoslari Nikoh tuzilish to'g'risidagi ariza, arizani bergan shaxslar uchun huquqiy oqibat tug'dirmaydi. Ariza uni berganlar tomonidan istalgan vaqtda qaytarib olinishi mumkin. Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro'yxatga olingandan boshlab nikoh tuzganlar yer-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e'tiboran ular o'rtasida yer-xotinlik huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatlariga kirishi ularning huquqiy holatini o'zgartirib yuboradi. Nikohga kirgunga qadar ularning biri qiz, ikkinchisi yigit deb nomlanib kelgan bo'lsa, nikoh qayd etigandan so'ng ular endi yer-xotin deb nomlanishadi. Endilikda ularning o'rtasidagi munosabatlar faqatgina axloqiy qoidalar bilan emas, balki huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi. Ayollarimiz jamiyatda har tomonlama teng huquqga ega bo'lganlaridek endilikda oilada ham teng huquqli bo'lishlarini qonunlarimiz belgillab qo'ygan. Respublikamiz Konstitutsiyasining 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar deb yozib qo'yilgan. Oilada yer va xotinning teng huquqligi Oilada yer va xotinning teng huquqligi va ularning teng majburiyatga egaligi to'g'risidagi qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi shaxsi va ijtimoiy mavkeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar degan konstitutsiyaviy normadan kelib chiqadi. Nikoh natijasida vujudga kelgan yer-xotinning teng huquqlari shaxsiy va mulkiylarga bo'linadi. Shaxsiy huquqlar mulkiy huquqlardan farq qilib, iqtisodiy mazmunga ega emas, fuqarolarning shaxsiyati bilan bevosita bog'liq va undan ajratib bo'lmaydi. Bu munosabatlarni o'zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish asosida qurishni hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'uliyatligini taqozo etadi. yer-xotin o'rtasida quyidagi shaxsiy tengliklar vujudga veladi: Familiya tanlashdagi teng huquqlik. yer -xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari Oilada yer-xotinning umumiy mulki, har birining alohida mulki, shaxsiy foydalanishdagi buyumlari, hadya qilinganda vujudga kelgan mulklari bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga binoan yer va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo'lajak yer-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko'rsatilmagan bo'lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. yer va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (yer va xotinning umumiy mol-mulkiga) yer va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga mo'ljallanmagan boshqa pul to'lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo'lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qilish qobiliyatini yo'qotganligi munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzda to'langan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga