Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari

Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari

O'quvchilarga / Huquq
Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari Oila qurish inson hayotidagi eng mas'uliyatli ishlardandir. Mamlakatimizda oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. OILA VA HUQUQ Har bir oila mustahkam poydevorga ega bo'lishiga erishish, jamiyatda har bir go'dakning sog'lom tug'ilishi va yashab ketishini to'la kafolatlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratishga e'tibor qaratilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, yigit-qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Afsuski, ayrim ota-onalar ko'pincha farzandining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida o'ylamay, hali balog'at yoshiga yetmagan qizini uzatish yoki qarindoshimning qizi begona bo'lmasin, deb o'g'il uylantirish taraddudiga tushadi. Buning oqibatida qizlarni o'n olti, hatto undan kichik yoshda turmushga uzatib yuborish hollari uchrab turadi. Ammo bu ko'p hollarda bo'lg'usi onaning salomatligi va ruhiyatiga, qolaversa, yosh oilaning mustahkamligi, tug'ilajak farzandning sog'lomligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislar tomonidan qizlarning 16-18 yoshlarda ona bo'lishi jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Ko'p hollarda bunday yoshdagi qizlarning sog'lom farzandni dunyoga keltirishida turli muammolar kelib chiqadi. Qizlarning jismonan va ruhan onalikka tayyor bo'lmasdan oila qurishi ko'pincha tug'ruq jarayonida o'lim xavfi ortishiga sabab bo'ladi. Binobarin, erta homiladorlik yosh ona hamda bo'lajak farzand uchun har tomonlama xavflidir. Yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta hamda qarindoshlar o'rtasidagi nikohlarning oldini olishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Balog'at yoshidagi qizlarga shaxsiy gigiyena, sog'lom oila asoslari va sog'lom turmush tarzi, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, nasl salomatligiga tahdid soluvchi kasalliklar va illatlardan saqlanish kerak - Ayol qancha yosh bo'lsa, homiladorlik davridayoq turli patologik, ekstragenital hastaliklar kuchayadi, yo'ldosh yetishmovchiligi, suyaklar tizimida ro'y beradigan o'zgarishlarning salbiy oqibatlari ko'p bo'ladi. Erta homiladorlik ko'pincha bola tushishi yoki o'lik tug'ilishi bilan tugaydi, bu holat homilaning nuqsonli rivojlanishi sababli ham ona, ham bola salomatligiga katta xavfdir. Bunday asoratlar keyingi homiladorlikning normal kechishi va tug'ruqning tabiiy ravishda amalga oshishiga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu bois yosh turmush qurgan ayollarning farzandlari jarrohlik amaliyoti orqali dunyoga keltiriladi. Surunkali kislorod yetishmasligi tufayli ona qornida sust rivojlangan chaqaloqlarning vazni ancha kam bo'ladi va, afsuski, ularning aksariyati ko'p yashamaydi. Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari Oila sog'lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqarordir Islom Karimov JSSTning 2012 yil 65 sessiyasida O'smir yoshdagi homiladorlik va ularning salbiy oqibatlari to'g'risida seminar o'tkazildi. Erta turmush qurish muammolari ko'rib chiqildi. 1998 yil 30 aprelda Oliy Majlis tomonidan O'zbekiston Respublikasining oila kodeksi tasdiqlandi. Oila bilan bog'liq 50 ga yaqin qonun 90 ga yaqin farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilingan. 1998 yilda Oila ilmiy - amaliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.22 MB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:06 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.22 MB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga