Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari

Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari - rasmi

Material tavsifi

yer-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari Reja: yer-xotin majburiyatlarining vujudga kelish asoslari; Oilada yer va xotinning teng huquqligi; yer va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari; Nikoh shartnomasi. yer-xotin majburiyatlarining vujudga kelish asoslari Nikoh tuzilish to'g'risidagi ariza, arizani bergan shaxslar uchun huquqiy oqibat tug'dirmaydi. Ariza uni berganlar tomonidan istalgan vaqtda qaytarib olinishi mumkin. Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro'yxatga olingandan boshlab nikoh tuzganlar yer-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan etiboran ular o'rtasida yer-xotinlik huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatlariga kirishi ularning huquqiy holatini o'zgartirib yuboradi. Nikohga kirgunga qadar ularning biri qiz, ikkinchisi yigit deb nomlanib kelgan bo'lsa, nikoh qayd etigandan so'ng ular endi yer-xotin deb nomlanishadi. Endilikda ularning o'rtasidagi munosabatlar faqatgina axloqiy qoidalar bilan emas, balki huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi. Ayollarimiz jamiyatda har tomonlama teng huquqga ega bo'lganlaridek endilikda oilada ham teng huquqli bo'lishlarini qonunlarimiz belgillab qo'ygan. Respublikamiz Konstitutsiyasining 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar deb yozib qo'yilgan. Oilada yer va xotinning teng huquqligi Oilada yer va xotinning teng huquqligi va ularning teng majburiyatga egaligi to'g'risidagi qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida elon qilingan O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi shaxsi va ijtimoiy mavkeidan qatiy nazar, qonun oldida tengdirlar degan konstitutsiyaviy normadan kelib chiqadi. Nikoh natijasida vujudga kelgan yer-xotinning teng huquqlari shaxsiy va mulkiylarga bo'linadi. Shaxsiy huquqlar mulkiy huquqlardan farq qilib, iqtisodiy mazmunga ega emas, fuqarolarning shaxsiyati bilan bevosita bog'liq va undan ajratib bo'lmaydi. Bu munosabatlarni o'zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish asosida qurishni hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'uliyatligini taqozo etadi. yer-xotin o'rtasida quyidagi shaxsiy tengliklar vujudga veladi: Familiya tanlashdagi teng huquqlik. Nikoh tuzish vaqtida yer va xotinning familiya tanlashi ularning oilada to'liq teng huquqligi tamoyilidan kelib chiqadi. Ular o'zaro kelishib yer yoki xotinning familiyasini umumiy familiya qilib tanlashlari yoki har biri nikohgacha bo'lgan familiyasini saqlab qolishlari mumkin. Bu masala yer va xotinning har biri tomonidan ikkinchisining yoki boshqalarning tazyiqisiz erkin hal qilinishi lozim. yer-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishdagi tengliklari. Oilaviy turmushning barcha, jumladan, bolalar tarbiyasi masalalarini yer va xotin birgalikda hal qilishlari lozim. Oilaviy hayotda yer va xotinning birontasi ikkinchisiga nisbatan biron-bir ustun huquqdan foydalanishi mumkin emas. Ular o'rtasidagi tenglik oiladaga barcha masalalarni birgalikda hal qilish tamayillari bilan ta'minlanadi. Ular kelishib, bir-birlarini hurmat qilib, teng huquqliklarini anglab ish tutushlari oila mustahkam bo'lishiga zamin yasaydi. Oilaning mustahkamligi va farovonligi yer-xotinning birgalikdagi harakatiga bog'liq. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.56 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.56 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga