Reja: Faoliyat maqsadi O'yin faoliyati O'qish faoliyati Mehnat faoliyati Faoliyatning oddiy shakllaridan biri o'yin hisoblanadi, lekin u tobora takomillashib, sodda harakatlardan keyinchalik syujetli, rolli o'yinlarga, hatto sportgacha murakkabla-shib boradi, atrof-muhitni aks ettirishida ishtirok eta boshlaydi. Insonning borliqni inikos etishidagi dastlabki urinish harakat orqali namoyon bo'ladi. Harakatlar bolaning tabiatga, uni qurshab turgan kishilik dunyosiga nisbatan munosabatini, ular to'g'risidagi ilk taassurotlar, sodda tasavvurlar, bilimlarni o'zlashtirishni an-glatib keladi. Keyinchalik oddiy harakatlar muayyan mano kasb etib, syujetli va rolli o'yinlarga aylanadi. O'yinlar milliy (etnik) va umumbashariy turkumlardan tarkib topgan bo'lib, ijtimoiy hayot-ning barcha jabhalarini o'zida aks ettiradi. O'yinlar takomillashib borib sport turlariga, sport faoliyatiga o'sib o'tadi, jumladan, shax-mat, damino, futbol, shashka va xokazo. Sport o'yin faoliyati sifa-tida barcha yoshdagi insonlarga xos bo'lib hisoblanadi. O'yin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taklid, rol orqali ijro etishga harakat qiladi va shu yo'sinda atrof-muhit to'g'risida-gi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlarni o'zlashtira bo-radi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali ijro qiladi. So'z bilan harakatning birikuvi natijasida o'yin faoliyat tusini oladi va muayyan mano, axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Dastlabki o'yin aynan kattalar xatti-harakatini takror-lash, ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o'yinlar borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda u yoki bu tomon-larini egallashga xizmat qiladi. O'yin dastavval bola uchun vaqt o'tkazish, uni mashg'ul qilish funk-tsiyasini bajarsa, keyinchalik ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot namuna-larini ifodalash darajasiga o'sib o'tadi. Rollar, manoli harakat-lar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola shaxsini shakllanti rishda faol ishtirok etadi. Bola tug'ilganidan to maktab ta'limiga-cha davrida uning uchun o'yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini baja-radi, shuningdek, o'yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin. Bolalar o'yinlarining dastlabki ilmiy tahlili rus olimi Ye.A.Pokrovskiy tomonidan 1887 yilda amalga oshirilgan. Uning fikriga ko'ra, «o'yin» to'g'risidagi tushunchalar o'ziga xoslikni va ta-fovutni u yoki bu xalqqa mansublikni bildiradi. Oradan yarim asr vaqt o'tgandan keyin, 1933 yilda «o'yin» tushun-chasining etimologik tahlilini amalga oshirgan va uning o'ziga xos alomatlarini tasniflashga harakat qilgan golland olimi F.Boy-tendayk hisoblanadi. Boytendayk o'yinning alomatlari qatoriga qu-yidagilarni kiritadi: «u yoqqa va bu yoqqa» harakat, ixtiyorsizlik va erkinlik, quvonch va ermaklik. Bunday alomatlardan qanoatlanma-gan muallif, uning fenomenini bolalar faoliyatini kuzatish orqa-li aniqlash mumkin, chunki o'yinning qiymati va ahamiyati ularning o'zlari tomonidan oqilona baholash, degan xulosaga keladi. O'yinni vujudga kelish tarixiga ilmiy yondashish nemis psixolo-gi V.Vundtga 1887 yilda nasib etdi. Uning mulohazalariga ko'ra, o'yin-ning manbai huzur qilish, rohatlanishdan iboratdir. V.Vundt bil-dirgan fikrlar yoyiqxususiyatga ega bo'lib, o'yinning u yoki bu jihat-larini yoritishga xizmat qiladi. Uning fikricha, o'yin - bu bolalar-ning mehnatidir. Hech bir o'yin yo'qki, u jiddiy mehnatning u yoki ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.52 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.52 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: doc