Farzandlikka olish Reja: Farzandlikka olish tushunchasi Farzandlikka olish tartibi va uning qayd etilishi Farzandlikka olish tushunchasi. Farzandlikka olish tartibi va uning qayd etilishi. Farzandlikka olish tushunchasi Farzandlikka olish tarixan uzoq vaqtlardan ma'lum bo'lib, ko'p asrlik tarixiy rivojlanish bosqichini bosib o'tgan. Ijtimoiy vazifalari katta bo'lgan mazkur huquqiy institut qadimgi Gretsiyada, qadimgi Bobil va Rimda shuningdek, Movarounnahrda ham mavjud bo'lgan. Har bir tarixiy davrda o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turgan. Farzandlikka olishning ikkita usuli qo'llanilgan. Birinchi usul arrogatio, ya'ni status familiae ega bo'lgan shaxs farzandlikka olingan va ikkinchisi, adoptio bo'lib bunda farzandlikka olinuvchi begona huquqqa tegishli bo'lgan. Farzandlikka olishning birinchi shakli arrogatio - bu xalq yig'inida farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchi ishtirokida ommaviy ravishda amalga oshirilgan. O'z fuqarosini farzandlikka olishni xohlovchi rimliklar bu haqida xalq yig'inida ma'lum qilgan va uning sanksiyasi ushbu maqsad uchun yetarli sanalgan. Ikkinchi usul-adoptio esa, 12 jadval qonunlari asosida uch marotaba emansipatsiya qilish orqali amalga oshirilgan va bu oila boshlig'i almashganligini anglatgan. Bunday usulda farzandlikka olish avvalgi oila bilan qon-qarindoshlikning uzilishiga va farzandlikka oluvchi bilan qon-qarindoshlik aloqalarining vujudga kelishiga olib kelgan. Musulmon huquqida farzandlikka qabul qilishning asosiy sababi voqe'lik nuqtayi nazaridan asoslanadi. Bunda, birinchidan, nasl-nasabi begona bolani oilaga qabul qilib mahram bo'lmagan ayollarning mahramligi belgilanmagan; ikkinchidan, farzandlikka olish siri mavjud bo'lmagan; uchinchidan, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolani asrab olish, uni tarbiyalash va voyaga yetkazish juda mas'uliyatli vazifa bo'lib, uddasidan chiqa olmaslik holatlari ham inobatga olingan. Farzandlikka olish huquqiy instituti insoniyat tarixiy rivojlanishi bilan birga rivojlanib borgan. Farzandlikka olish oila muhitini yaratishga intilish sifatida ayrim oilalarga muayyan imkoniyat, rag'bat, meros olish va boshqa imkoniyatlarga ega bo'lish huquqini bergan. Farzandlikka olishdan asosiy maqsad u yoki bu sababga ko'ra o'z ota-onasi bag'rida o'sish imkoniyatiga ega bo'lmagan voyaga yetmagan bolalarni oila muhitida tarbiyalash imkonini bersa, boshqa tomondan farzandlikka oluvchilarga ota-onalik huquq va majburiyatlariga ega bo'lish imkonini beradi. Odatda, har qanday bola oilada dunyoga keladi, tarbiyalanadi va voyaga yetadi. Biroq hayotda shunday holatlar ham uchrab turadiki, natijada bolalar o'z ota-onalarining qaramog'idan mahrum bo'lib qolishadi. Ushbu holatlarni shartli ravishda obyektiv va subyektiv sabablarga ajratish mumkin. Masalan, obyektiv sabablarga: ota-onaning o'limi, ularning og'ir kasallikka chalinishi, turli xil baxtsiz hodisalar, muomala layoqatini yo'qotishi, favqulodda vaziyatlarda (tabiiy ofatlarda, harbiy harakatlar jarayonida) bolani yo'qotib qo'yishi va h.k. larni ko'rsatib o'tish mumkin. Bolalarning o'z ota-onalari qaramog'idan mahrum bo'lishining subyektiv sabablari, odatda, ota-onalarning o'z bolalariga nisbatan g'ayri-huquqiy xulq-atvorda bo'lishi bilan bog'liq. Masalan, bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo'lish (jismoniy kuch ishlatish, do'pposlash, qiynash va h.k.); ota-onalarning tug'ruqxonalardan, tarbiya va boshqa muassasalardan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.21 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.21 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: doc