Favqulodda vaziyatlarda jazoni ijro etish muassasasi xodimlarining shaxsiy va psixologik xavfsizligini ta'minlash

Favqulodda vaziyatlarda jazoni ijro etish muassasasi xodimlarining shaxsiy va psixologik xavfsizligini ta'minlash

O'quvchilarga / Huquq
Favqulodda vaziyatlarda jazoni ijro etish muassasasi xodimlarining shaxsiy va psixologik xavfsizligini ta'minlash - rasmi

Material tavsifi

Favqulodda vaziyatlarda jazoni ijro etish muassasasi xodimlarining shaxsiy va psixologik xavfsizligini ta'minlash Reja: Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida qaltis, xavfli vaziyatlarni vujudga keltiruvchi omillar Qaltis vaziyatni yuzaga kelishining psixologik jihatlari. Xizmat faoliyati bilan bog'liq qaltis vaziyatlar: Qaltis vaziyatda xodim xulqida vujudga keladigan tipik xususiyatlar: Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida qaltis, xavfli vaziyatlarni vujudga keltiruvchi omillar Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida vujudga keladigan xavfli, qaltis vaziyatlarda xizmat vazifalarini samarali amalga oshirish uchun qo'llaniladigan taktik, huquqiy, ruhiy himoyalar tizimi xodimning shaxsiy xavfsizligini ta'minlaydi. Ushbu sohada to'plangan manbalarga tayangan holda aytish mumkinki, xodimning shaxsiy xavfsizligini ta'minlashda quyidagilar muhim hisoblanadi: Qaltis, xavfli vaziyatda inson tanasida vujudga keladigan ruhiy-fiziologik o'zgarishlarni bilish; Qaltis, xavfli vaziyatda xizmat vazifalarini bajarish, o'zini himoya qilish uchun belgilangan «xulq me'yori»ga amal qilish; Qaltis, xavfli vaziyat oldidan va undan keyingi holatlarda o'zini ruhiy boshqarish usullarini egallash. Qaltis, xavfli vaziyatlarda uchraydigan emotsional holatlarni biri - qo'rquv, vahima, sarosima, g'alayon bo'lib, malum vaqt shaxslarni boshqarib, tartibga solib bo'lmaydigan holat hisoblanadi. Bu o'zini boshqarishni butunlay yo'qotib qo'yish, javobgarlik hissining yo'qolishi, vijdon chaqirig'ini eshitmaslik, beetiborliq darajasi bilan belgilanadi. Qo'rquv asosida mavjud aniq yoki ehtimol tutilgan xavf oldida ojizlik, kurashish, uni engish o'rniga har qanday yo'l bilan bo'lsa ham undan qochish fikri tug'iladi. Vahima qo'rquvning psixofiziologik mexanizmi bosh miya po'stlog'ining kattagina maydonida induksion tormozlanish, boshqacha aytganda anglash (ong)faolligining susayishi hisoblanadi. Xavf - huquqbuzar xulqining o'zgarishi, tabiiy ofat, favqulodda, tasodifiy holatlarda yoki faloqat yuz berishi oldidan, ruhiy, fiziologik zararning kelib chiqishini, baxtsiz hodisa, o'limni yuz berishini his qilishni o'zida aks ettiruvchi stress omil hisoblanadi. Xavfni sezganda qo'rquv tuyg'usi his qilinadi. Qo'rquvning uch turi mavjud bo'lib: stenik (vahima) - yomon yoki umuman nazorat qilib bo'lmaydigan; astenik (sarosima) - qisqa muddatli, qaltirash, harakatlarning mantiqsizligi; - stenik qo'zg'alish (havotir)- xulqning aqliy nazorat qilinishi va qo'rquvni engishga yo'nalganligi. Birinchi va ikkinchi holatlarda qo'rquv butun diqqat faoliyatini egallaydi, bundan aqliy faoliyatning torayishi, ko'rish, o'z-o'zini baholash jarayonlari susayadi, vaziyat to'g'ri baholanmaydi. uchinchi qo'rquv holatida esa faoliyatni tafakkur va iroda boshqaradi. Bunda inson butun kuchini xavfni engishga yo'naltiradi. Xavf, qo'rquv his qilinganda inson tanasida kuchli hissiy zo'riqish holati bilan bog'liq, xavfli vaziyat bilan kurashish uchun aks ta'sir yuz beradi: Yurak urishi tezlashadi; Qon bosimi ko'tariladi; Qonda qand (insulin) moddasi ko'payadi, quvvat berish uchun; Qon quyuqlasha boradi, qon ketganda tez to'xtashi, o'lim xavfini oldini olish uchun; Mushaklarda qon ko'payadi, muskullarni tez qisqarishini ta'minlaydi; Kichik, kapillyar tomirlar berkilib, ichki a'zolarga qon ko'proq kela boshlaydi; Mushaklarni anglangan harakatlarini boshqarish uchun miyadagi bazi markazlarning faolligi oshadi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.28 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.28 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga