Fermer xo'jaligining huquqiy holati Reja: Fermer xo'jaligi tushunchasi, vujudga kelish asoslari va tartibi. Fermer xo'jaligining yerdan foydalanish huquqi. Fermer xo'jaligi faoliyatini huquqiy tartibga solish. Fermer xo'jaligi faoliyatini qayta tashkil etish, tugatish asoslari va tartibi. Respublikamiz qishloq xo'jaligida olib borilayotgan agrar siyosat qishloqda chinakam mulkdorlar sinfini shakillantirish orqali qishloq aholisini turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan. Mamlakatimiz qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni xalqimiz manfaatlarini ko'zlab va bozor iqtisodiyoti talablari asosida bosqichma-bosqich isloh qilish agrar siyosatning asosiy yo'nalishi hisoblanadi. O'tkazilayotgan agrar siyosatda fermer xo'jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish masalasining ustuvorligi o'rnatildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to'g'risida»1 2003 yil 24 martdagi PF-3226 son farmoni «Qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini boshqarishning bozor tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini tadbiq etish, qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mustaqilligini kengaytirish hamda ularning ishonchli huquqiy muhofazasini ta'minlash maqsadida… istiqbolda asosiy qishloq xo'jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchi subyekt bo'lib qoladigan fermer xo'jaliklarini rivojlantirishni ustuvor yo'nalish sifatida» belgiladi. Va Respublikada fermer xo'jaliklarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni ko'zda tutuvchi konsepsiya ishlab chiqildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2006 yillarda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida»2gi 2003 yil 27 oktyabrdagi PF-3342 sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrdagi «2004-2006 yillarda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 3gi 476- son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-2007 yillarda fermer xo'jaliklarini jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlash bo'yicha maxsus komissiya tuzish to'g'risida4 2004 yil 4 noyabrdagi F-2069-son Farmoyishi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi № 607 «2005-2007 yillarda fermer xo'jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida5»gi qarorlarida yaqin yillarda fermer xo'jaliklari barqaror rivojlanishini ta'minlashning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi. Demak, aytishimiz mumkin-ki, fermer xo'jaliklarini rivojlantirish davlatimiz agrar siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida qolaveradi. qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish tadbirkorlik subyektlari tarkibida fermer xo'jaliklari salmoqli o'rinni egallaydi. O'zbekiston Republikasining 1998 yil 30 aprelda kabul qilingan Fermer xo'jaligi to'g'risidagi qonun (Mazkur qonunning yangi tahriri O'zR 26.08.2004 y. 692-ii-son qonuni bilan tasdiqlangan1) uning huquqiy holatini belgilashda asosiy hujjat hisoblanadi. Ushbu qonunning 3-moddasiga asosan, fermer xo'jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi, mustaqil xo'jalik yurituvchi subyektdir. Fermer xo'jaligi tashkil etish shartlari qonunda aniq ko'rsatib berilgan. Qonunning 5-moddasiga ko'ra, Fermer xo'jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bo'lmagan erlarda va hududlarda tashkil etiladi. Fermer xo'jaligi xo'jalik boshlig'i tomonidan, xo'jalikka alohida mol-mulk ajratib berish va ustavini tasdiqlash yo'li bilan tashkil etilishi qonunning 6-moddasida bayon etilgan. Qonunning 4-moddasida esa, o'n sakkizga to'lgan, qishloq xo'jaligida tegishli malaka va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.61 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.61 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: doc