Firibgarlik jinoyatini tergash uslubi Reja: 1. Firibgarlik jinoyatining kriminalistik tavsifi 2. Dastlabki tergov va tezkor-qidiruv harakatlari Firibgarlik deganda o'zgalar mulkini (davlat, jamoat yoki fuqarolarning shaxsiy mulklari) aldash yoki ishonchni suiistemol qilish yo'li bilan qo'lga tushirish tushuniladi. Mazkur jinoyatni tergash o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, firibgarlik jinoyatining sodir etilishi boshqa jinoyatlar sodir etilishi farq qiladi. Jabrlanuvchilar firibgarlar bilan bir qancha vaqt, bazi vaqtlarda uzoq muddat davomida o'zaro munosabatda bo'ladilar. Shuning uchun ham jabrlanuvchilar jinoyat sodir etilgandan keyin firibgarning tashqi ko'rinishi belgilari to'g'risida to'laroq ma'lumot berishlari mumkin. Ikkinchidan, firibgar malum darajada boshqa jinoyatchilardan (o'g'ri, talonchi, bezori) farq qiladi. Ko'p hollarda firibgarlik voyaga etgan, yoshi katta shaxslar tomonidan sodir etiladi. Ular jinoyatni sodir etishda o'zlarining ayyorlik va chapdastlik qobiliyatlarini ishlatib odamlarni o'ziga jalb etadilar, ularda o'zlariga nisbatan ishonch va qiziqish uyg'otadilar. Uchinchidan, firibgarlik bazi vaqtlarda fuqarolarning o'zlarini noo'rin istaklari natijasida sodir etiladi. Jabrlanuvchilar firibgarga nisbatan o'ta ishonch va ochiq ko'ngillik bildiradilar va shu bilan o'zlarini aldanib qolganlarini bilmaydilar. Firibgarlarni shartli ravishda besh guruhga bo'lsa bo'ladi: birinchi guruhga qo'nimsiz, doimiy ravishda kezib yuradigan firibgarlar- ucharlarni (gastroler) kiritsa bo'ladi. Ular jinoyatni sodir etish bilanoq qochib qoladi. Ikkinchi guruhga doimiy yashash va ish joyi bo'lmagan, firibgarlik bilan bir necha bor sudlangan shaxslarni kiritish mumkin. Uchinchi guruhga mayda firibgarlik sodir etadigan shaxslar kiradi. To'rtinchi guruh firibgarlarga esa o'zlarining engiltakligi tufayli yoki boshqa shaxslar yoki holatlar ta'sirida birinchi marotaba firibgarlikni sodir etgan shaxslar, -beshinchi guruhga oldin sudlanmagan, uzoq cho'zilgan firibgarlikni sodir etgan, masalan: noqonuniy ravishda nafaqa (pensiya) olib turgan shaxslar, kiradi. Firibgarlik jinoyatini tergashda isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar mavjud bo'lib, ularga jinoyatni sodir etish usuli, jinoyat sodir etilishida jabrlanuvchining roli, firibgarlik jinoyatining sodir etilishiga imkoniyat yaratgan sharoitlar kiradi. Dastlabki tergov va tezkor-qidiruv harakatlari. Malumki, firibgarlikni sodir etilish usullarini bilish tergovni muvaffaqiyatli olib borishga imkon beradi, chunki shu asosda u yoki bu tergov harakatlarini o'tkazish rejalashtiriladi, ularni o'tkazishning ketma-ketligi va taktikasi aniqlanadi hamda tezkor-qidiruv tadbirlari belgilanadi. Firibgarlikni ko'p tarqalgan usullariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) ijtimoiy ta'minot organlaridan davlat nafaqalari va boshqa to'lovlarni (soxta) hujjatlar yordamida noqonuniy yo'l bilan pul olish, bunday (soxta) hujjatlar korxona, muassasa va tashkilotlar mansabdor shaxslaridan pora berish orqali sotib olinadi; 2) u yoki bu tovarlarni kreditga olish yo'li bilan davlat mulkini egallash va qolgan summani to'lashdan bosh tortish; 3) davlat va jamoat mulkini fiktiv yoki o'zgalarning hujjatini ko'rsatish yo'li bilan egallash; 4) davlat va jamoat mulkini ko'p miqdordagi pullarni maydalab olishda kassirlarni hisobda aldash yo'li bilan egallash. Fuqarolarning shaxsiy mulkini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.83 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.83 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: doc