Firma nomlari tushunchasi, huquqiy jihatdan muhofaza etish

Firma nomlari tushunchasi, huquqiy jihatdan muhofaza etish

O'quvchilarga / Huquq
Firma nomlari tushunchasi, huquqiy jihatdan muhofaza etish - rasmi

Material tavsifi

Firma nomlari tushunchasi, huquqiy jihatdan muhofaza etish Reja: Firma nomi. Firma nomiga bo'lgan huquq. O'zbekiston Respublikasining «FIRMA NOMLARI TO'G'RISIDA» qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda maqullangan. Ushbu Qonunning maqsadi firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Firma nomi. Firma nomi yuridik shaxs bo'lgan tijorat tashkilotining (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual nomi bo'lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtda yuzaga keladi. Yuridik shaxs to'liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo'lishi mumkin. Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli ko'rsatilishi kerak. Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati ko'rsatilishi kerak. Firma nomida ko'rsatilishi lozim bo'lmagan belgilar. Firma nomida: davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to'liq nomi; tarixiy yoki O'zbekiston Respublikasida mashhur bo'lgan shaxsning to'liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda berladigan ruxsatsiz; firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste'molchini chalg'itishi mumkin bo'lgan belgilar; jamiyat manfaatlariga. Insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo'lgan belgilar ko'rsatilmasligi lozim. Firma nomida: ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazilgan yoki ro'yxatdan o'tkazish so'rab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bo'lgan firma nomlari; ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazilgan yoki ro'yxtdan o'tkazish so'rab talabnoma berilgan, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro'yxatdan o'tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko'rsatish belgilari); belgilangan tartibda hammaga malum deb etirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko'rsatish belgilari); belgilangan tartibda qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan tovarlar kelib chiqqan joylarning nomlari bilan, shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o'xshash bo'lgan belgilar ham ko'rsatilmasligi kerak. Ushbu moda birinchi qismining 1-bandida ko'rsatib o'tilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki tashkilotning ruxsati bo'lsa, firma nomiga kiritilishi mumkin. Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish. Firma nomi yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtdan etiboran, chet el yuridik shaxsining firma nomi esa, chet el yuridik shaxsi O'zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasi ishtirokchisi sifatida faoliyatni amalga oshirishni boshlagan sanadan etiboran huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi. Firma nomiga bo'lgan huquq. Yuridik shaxs o'z firma nomidan foydalanishda va boshqa yuridik shaxslarga ushbu firma nomidan foydalanish huquqini berishda mutlaq huquqqa ega. Chet el yuridik shaxsining firma nomiga bo'lgan mutlaq huquqi shu yuridik shaxs tasis etilgan mamlakatning qonun hujjatlarida belgilangan hujjat bilan tasdiqlanadi. Firma nomidan foydalanish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.53 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.53 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga