Firma nomlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnoma berish, guvohnoma olish tartibi

Firma nomlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnoma berish, guvohnoma olish tartibi

O'quvchilarga / Huquq
Firma nomlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnoma berish, guvohnoma olish tartibi - rasmi

Material tavsifi

Firma nomlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnoma berish, guvohnoma olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining firma nomlarining markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasida so'rab olinadigan qulay firma nomlarini zaxiraga olish tasischilarning o'zlari tomonidan yoki ro'yxatga olayotgan organ tomonidan elektron talabnoma asosida Internet tarmog'i orqali kecha-kunduz amalga oshiriladi. Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasining ishlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan belgilanadi. Yuridik shaxslarning firma nomini zaxiraga olish O'zbekiston Respublikasining Firma nomlari to'g'risidagi Qonuni bilan belgilangan talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Firma nomini zaxiraga olish uchun tasischilar ro'yxatga oluvchi organga og'zaki murojaat qilgan taqdirda, ro'yxatga oluvchi organning masul xodimlari elektron talabnomani bir soat ichida Internet tarmog'i orqali rasmiylashtirishlari lozim. Firma nomini zaxiraga olish uchun elektron talabnomani olgach O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining masul xodimlari firma nomlarining markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasiga tegishli yozuvni kiritish yo'li bilan, 4 ish soatidan oshmagan muddatda, qulay firma nomini olish bo'yicha zarur harakatlarni amalga oshirishlari shart. Og'zaki murojaat, elektron talabnomani qabul qilish va qulay firma nomlarini zaxiraga olish uchun to'lov undirilmaydi. Zaxiraga olingan firma nomining amal qilish muddati zaxiraga olish sanasidan boshlab 60 kunni tashkil qiladi. Tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ro'yxatdan o'tkazuvchi organga ariza beruvchi o'zi kelgan holda yoki pochta aloqasi orqali «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatiga olish va hisobga qo'yishning xabardor qilish tartibi to'g'risida» Nizomning 1ilovasida ko'rsatilgan shaklda ariza-xabarnomani taqdim etadi. Davlat ro'yxatidan o'tkazish haqidagi ariza-xabarnomaga quyidagilar ilova qilinadi: davlat tilidagi tasis hujjatlarining ikki asl nusxasi (yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga taqdim etiladigan tasis hujjatlari - ustav yoki tasis shartnomasi va ustav yoki faqat tasis shartnomasi, bunda mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar uchun - tasis shartnomasi va ustav, to'liq va kommandit shirkatlar, oilaviy korxonalar uchun esa - faqat tasis shartnomasi, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar, fermer xo'jaliklari hamda yuridik shaxs bo'lgan dehqon xo'jaliklari uchun - faqat ustav). Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalar uchun notarial tasdiqlangan tasis hujjatlari talab etiladi; davlat bojining belgilangan miqdori to'langanligi haqidagi bank to'lov hujjati (dehqon xo'jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari); firma nomlarining markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasida qulay firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol (keyingi o'rinlarda - firma nomining zaxiraga olinishi tasdig'i); ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari. Adabiyotlar: 1.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston, 2014. 2.O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: Adolat, 2014. 3. Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. Darslik. T.: 2008. 4. O'zbekiston Respublikasi fuqarlik kodeksi sharh: Professional sharhlar. T 2. O'zbekiston Respublikasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.91 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.91 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga