Fransiya davlati va huquqi

Fransiya davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Fransiya davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

FRANSIYA DAVLATI VA HUQUQI (IX asrning o'rtasi - XVII asr oxiri) Reja: Fransiya davlatining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari. Senorlik monarxiyasi (IX-XII asrlar). Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIV-XV asrlar). Mutlaq monarxiya davri (XVI-XVII asrlar)da ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari. Fransiyada huquqning asosiy belgilari. 1. Fransiya davlatining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari Fransiya feodal munosabatlar eng rivojlangan, klassik shaklga ega bo'l-gan davlat edi. U 843 yilda Verden shahrida Karl Buyukning uch nevarasi yig'ilishida franklar imperiyasining uch qismga bo'linib ketishi natijasida tashkil topgan. Verden ahdiga muvofiq marhum Ludovik Xudojo'yning katta o'g'li Lotar imperatorlik unvonini saqlab qoldi, lekin ukalari Ludovik Nemis va Karl Yaltiroqboshga nisbatan hech qanday maxsus huquqqa ega emas edi. Ukalarining har qaysisi o'z holicha mustaqil qirol bo'lib qoldi, Lotarga Italiya, Sharqda Reyn bilan G'arbda Mass, Shelda, Sena va Rona daryolari o'rtasidagi yerlar (bunga Burgundiya ham kiradi), Reynning sharqidagi yerlar Ludovik Nemisga tegdi. Lotarga qarashli yerlarning g'arbidagi yerlar Karl Yaltiroqboshga tegdi. Keyinroq, Lotar o'lgandan so'ng yerlar qaytadan bo'linadi. Lotarning avlodlari Italiyadagi yerlarnigina o'z qo'lida saqlab qo-ladi, Reyn bo'yidagi yerlarning hammasini Ludovik bilan Karl o'zaro bo'li-shib oldi. Burgundiya mustaqil qirollik bo'lib ajralib chiqdi. Imperatorlik un-voni keyinroq borib Karolinglar xonadonining boshqa avlodlari vakillariga o'tdi. Masalan, 875-877 yillarda Karl Yaltiroqbosh imperator bo'ldi, 880-887 yillarda imperatorlik toji Ludovik Nemisning o'g'li Karl Semizga o'tdi. X asrning boshlariga kelib esa imperatorlik unvonining hech kimga hech qanday real ahamiyati qolmadi. Shu tariqa, Verdenda bo'lgan taqsimot Yevropada keyinchalik vujudga kelgan uchta katta davlat - Fransiya, Germaniya va Italiyaning tashkil topi-shini umumiy bir tarzda belgilab berdi. IX asrning o'rtasida mazkur davlat-larning ichida eng yaxliti g'arbiy franklarning davlati edi, u keyinchalik vujudga kelgan Fransiyaning ko'rtagi bo'ldi. Bu yerdagi aholining asosiy om-masi endi tashkil topayotgan fransuz xalqidan iborat bo'lib, u alohida bir shi-moliy roman tilida, ilk fransuz tilida gapirishar edi. Bu davlatning poytaxti Parij bo'lib, u Luara daryosi yaqinidagi Sena daryosi bo'yida joylashgan. G'arbiy franklar qirolligida yoki, oddiy qilib aytganda, Fransiyada (uni X-XI asrlarda Fransiya deb atay boshlaydilar) Korolinglar X asrning oxirigacha hokimiyatni o'z qo'llarida saqlab keldi. Germaniya va Italiyada esa Korolinglar ancha ilgari X asrning boshla-ridayoq hokimiyatdan mahrum bo'ldi. Lekin Fransiyada ham feodal tarqoqlik tezlik bilan avj olib bordi. Birinchi fransuz qiroli Karl Yaltiroq-bosh o'z zodagonlariga uzluksiz yon berishga majbur bo'ldi. 847 yilda u Mersen kapi-tulyariysini chiqarib, unda har bir erkin kishiga senor topib olishni taklif qil-di; qirol o'z fuqarolari ustidan shunday hokimiyatga ega bo'ldi. 887 yildagi Kersin kapitulyariysi yer benifitsiylarining, shuningdek, graflik lavozimining ham nasldan-naslga meros bo'lib qolishini qonunlashtirdi. Shu vaqtdan bosh-lab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.45 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.45 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga