Fuqarlik huquqining subyekti sifatida fuqarolar. Fuqarolik huquqining subyekti sifatida yuridik shaxslar Reja: To'liq muomalaga layoqatsizlik Xususiy tadbirkor fuqarolarning huquqiy maqomi Fuqarolik huquqida yuridik shaxs tushunchasi va belgilari Xususiy korxonalar - yuridik shaxs sifatida Xo'jalik shirkatlari - yuridik shaxs sifatida mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar -yuridik shaxs sifatida Aksiyadorlik jamiyatlari - yuridik shaxs sifatida Davlat korxonalari - yuridik shaxs sifatida Ishlab chiqarish kooperativlari - yuridik shaxs sifatida Matlubot kooperativi - yuridik shaxs sifatida Jamoat birlashmalari - yuridik shaxs sifatida Jamoat fondi - yuridik shaxs sifatida Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati - yuridik shaxs sifatida Muassasalar - yuridik shaxs sifatida Yuridik shaxslar birlashmalari - yuridik shaxs sifatida Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari -yuridik shaxs sifatida Fuqarolik huquqi subyekti sifatida fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi, ularning fuqarolik huquq layoqati tushunchasi, fuqarolar huquq layoqatining boshlanishi va tamom bo'lishi, muomala layoqati, vasiylik va homiylik, xususiy tadbirkor fuqarolarning huquqiy maqomi, fuqarolarning turar joyi, fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish yoki vafot etgan deb elon qilish, hamda fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish bilan bog'liq qator masalalar amaldagi normativ huquqiy hujjatlar va ilmiy-nazariy qoidalar asosida atroflicha ochib berish. Fuqarolik huquqida yuridik shaxs tushunchasi va belgilari, yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati, yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo'lish tartibi, yuridik shaxslarning turlari hisoblangan xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari, mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, aksiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari, matlubot kooperativi, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, davlat muassasalari, yuridik shaxslar birlashmalari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari haqida, shuningdek yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari, yuridik shaxslarning tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar tayyorlangan, ishlab chiqarilgan nomlariga bo'lgan huquqlari haqidagi nazariy va amaliy qoidalar. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-moddasida fuqarolar (jismoniy shaxslar) tushunchasi berilgan. Unga asosan O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasini beradi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning umumiy huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risidagi Qonuni bilan belgilanadi. Mazkur moddada fuqaro tushunchasi ostida bir vaqtning o'zida O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning birlashtirilishi, ularga nisbatan fuqarolik huquqida bir xildagi huquq va majburiyatlar belgilanishi, bir xildagi huquqiy layoqat o'rnatilganligini anglatadi, yani chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar yuridik jihatdan teng bo'lgan subyektlar ishtirokidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir hil huquqiy maqomda ishtirok etadilar. Bunda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan xech qanday cheklashlar belgilanmaydi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
153.03 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
153.03 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: doc