Fuqarolar - fuqarolik huquqining subyektlari sifatida

Fuqarolar - fuqarolik huquqining subyektlari sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolar - fuqarolik huquqining subyektlari sifatida - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi 2. Huquq layoqatining boshlanishi va tamom bo'lishi 3. Fuqarolarning muomala layoqati 4. Vasiylik va homiylik 5. Xususiy tadbirkor fuqarolarning huquqiy maqomi 6. Fuqarolarning turar joyi 7. Fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e'lon qilish 8. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi Huquq subyektlarini belgilaydigan asosiy huquqiy xusu-siyatlar huquq va muomala layoqatlaridan iborat. Fuqarolik huquq va burchlariga ega bo'lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e'tirof etiladi (FK, 17-modda). Har bir shaxs fuqarolik huquq va burchlariga ega bo'lish layoqatiga molik bo'lmay turib, fuqarolik huquqining subyekti bo'la olmaydi. Bu qoida, odatda, yuridik shaxslarga taalluqli bo'lsada, jismoniy shaxslar uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Davlat hayotning moddiy sharoitlariga qarab fuqarolarning huquq layoqati, ya'ni muayyan huquq va burchlarga ega bo'lish layoqatini belgilaydi. Huquq layoqatining belgilari va mazmuni jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlaridan kelib chiqadi. Fuqarolik huquq layoqati fuqarolarga o'zlarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida xilma-xil huquqiy munosabatlarga kirishishning yuridik imkoniyatini beradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida aytilganidek, O'zbekiston Respublikasidagi barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Ushbu qoidaga asoslangan holda fuqarolik huquqida fuqarolar huquq layoqatida teng hisoblanadilar. YA'ni barcha fuqarolarga bir xildagi huquq va burchlar belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari huquq layoqatining maz-muni Konstitutsiyaning Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari nomli ikkinchi bo'limidagi qator moddalarda keng ta'riflangan va mustahkamlangan. Ularda fuqa-rolarning mol-mulkka ega bo'lishi, meros olishi, meros qoldirishi, kasb va turar-joy tanlash, fan, adabiyot, san'at asarlari yaratish, tadbirkorlik faoliyati bilan va umuman qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug'ullanish, shuningdek boshqa keng mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'lishlari mumkinligi aytilgan va asosiy qonun doirasida mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning fuqarolik huquq layoqati mazmunini FKning 18-moddasida mustahkamlab qo'yilgan. Unga asosan fuqarolar: -mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo'lishlari; -mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirish-lari; -bankda jamg'armalarga ega bo'lishlari; -tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo'jaligi bilan hamda qonun-da taqiqlab qo'yilmagan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishlari; -yollanma mehnatdan foydalanishlari, o'zlari mustaqil ra-vishda yoki boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar bilan birgalikda yuridik shaxslar tashkil etishlari; -qonunga zid bo'lmagan har qanday bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda qatnashishlari; -boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning to'lanishini talab qilishlari; -mahsulot turini va yashash joyini tanlashlari; -fan, adabiyot va san'at asarlarining, ixtirolarning, qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalari-ning muallifi huquqiga ega bo'lishlari; -shuningdek, boshqa mulkiy va shaxsiy huquqlarga ega bo'lishlari mumkin. Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.58 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.58 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga