Fuqarolar - ma'muriy huquq subyekti sifatida

Fuqarolar - ma'muriy huquq subyekti sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolar - ma'muriy huquq subyekti sifatida - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolar - ma'muriy huquq subyekti sifatida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy maqomi Fuqarolarning huquq va majburiyatlari Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holati Fuqarolarning ma'muriy muomala layoqati ma'muriy huquq layoqatidan farq qilgan holda, ma'lum bir yoshdan vujudga keladi. Ba'zi hollarda fuqarolarning ma'muriy muomala layoqati, ya'ni o'zlarining harakatlari bilan davlat boshqaruvi sohasidagi huquq va majburiyatlarga ega bo'lishlari O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o'z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab bo'lgan asoslar bekor bo'lsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va unga belgilangan vasiylikni bekor qiladi. Biroq Vasiylar va homiylar o'z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar. Fuqarolar ma'muriy-huquqiy holatining tarkibiy qismini - fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va erkinliklari, majburiyatlari, javobgarligi tashkil etadi. Chunki Konstitutsiyaga binoan O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsiy, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar(18-m.). Fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va erkinliklari, birinchi galda, O'zbekiston Respublikasining Konsti tutsiyasi bilan belgilangan bo'lib, bularga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir; 2) har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega; 3) hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas; 4) jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas; 5) har kim o'z sha'ni va obro'siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o'tkazishi yoki uni ko'zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so'zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas; 6) O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko'chish, O'zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir; 7) har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 189.43 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 189.43 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga