Fuqarolar ma'muriy huquq subyekti sifatida

Fuqarolar ma'muriy huquq subyekti sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolar ma'muriy huquq subyekti sifatida - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolar ma'muriy huquq subyekti sifatida Reja: Fuqarolarning ma'muriy huquq holati asoslari. Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquq va majburiyatlari. Fuqarolarning davlat boshqaruvidagi huquqlarining kafolatlari. Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning ma'muriy-huquqiy holati. ma'muriy huquqning asosiy subyektlaridan biri - bu jismoniy shaxslardir. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bolmagan shaxslar - ma'muriy-huquqiy munosabatlarga kirishib, malum bir subyektiv huquq va majbu- riyatlarga ega bo'lishlari mumkin. Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi (ma'muriy-huquqiy munosabatlardagi) huquqlari, erkinliklari, majburiyatlari, javobgarligining yig'indisi-fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holatini tashkil etadi. Bu munosabatlar fuqarolarning ma'muriy huquqning boshqa subyektlari bilan, masalan, davlat hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, muassasa va jamoat birlashmalari hamda ularning mansabdor shaxslari bilan o'zaro aloqasi natijasida vujudga keladi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, qonunchilik hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga ko'ra ularning fuqarolik huquq hamda majburiyatlarini keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi. Jumladan, fuqarolik huquq va majburiyatlari: qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan; qonunda huquq va majburiyatlar vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlari yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hujjatlaridan; qonunda yo'l qo'yilgan asoslar bo'yicha mol-mulk olish natijasida; fan, adabiyot, san'at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida; boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida; fuqarolarning boshqa harakatlari natijasida vujudga kelishi mumkin. Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holati konstitutsiyaviy va ma'muriy huquq normalari bilan tartibga solingan - fuqaro huquqiy holatining ajralmas qismi hisoblanadi. Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy munosabatlardagi huquq va majburiyatlari ularning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi hamda ma'muriy-huquqiy aktlarda o'z ifodasini topadi. Fuqarolar o'zlariga tegishli bolgan huquqlarini, shu jumladan ularni himoya qilish huquqini ham o'z xohishlariga ko'ra tasarruf etadilar. Fuqarolarning o'z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Fuqarolar o'z huquqlarini amalga oshirishi bilan boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasliklari shart. Fuqarolar o'z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma'naviyaxloqiy prinsiplari va normalarini hurmat qilishlari lozim. Fuqarolarning boshqa shaxsga zarar etkazishiga, boshqacha shakllarda huquqni suiistemol qilishiga, shuningdek, huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga yol qo'yilmaydi. Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holatini amalga oshirishda ma'muriy huquq layoqati va ma'muriy muomala layoqatiga ega bo'lishi katta ahamiyatga ega. Fuqarolarning ma muriy huquq layoqati inson tug'ilishi bilan vujudga keladi va tug'ilgandanoq qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bolishni anglatadi. Huquq layoqati inson shaxsi bilan bevosita bog'liq bolib, uni cheklash yoki undan mahrum etish mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan ma'muriy huquq layoqati - qonunda belgilangan tartibda faqatgina sud tomonidan cheklanishi mumkin. Fuqarolarning ma'muriy huquq layoqati uning vafot etishi bilan bekor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.26 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.26 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga