Fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish inson huquqlarini himoya qilishning kafolati

Fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish inson huquqlarini himoya qilishning kafolati

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish inson huquqlarini himoya qilishning kafolati - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish inson huquqlarini himoya qilishning kafolati Reja: Fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish inson huquqlarini himoya qilishning kafolati Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni ko'rmasdan qoldirish tartibi va unga rioya etilishini ta'minlash Fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish inson huquqlarini himoya qilishning kafolati «Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat qurish, erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etish bo'yicha eng muhim tamoyillar, qoida va me'yorlarni o'zida mujassamlashtirib, jamiyatimiz hayotining asosiy huquqiy poydevori bo'lib xizmat qilmoqda»1. Istiqlol yo'liga o'tgan yillarimizdan boshlab inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish hamda uni takomillashtirish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotida ustuvor tamoyiliga aylandi. Ana shu qisqa muddat ichida inson huquqlarini himoya qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida»gi hamda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida»gi xalqaro paktlar, BMT, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan turli shartnomalarga qo'shildi, qabul qilingan prinsiplar va normalar milliy qonunchiligimizga to'la implimentatsiya qilindi. Eng quvonarlisi, mamlakatimizda qabul qilingan «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) to'g'risida»gi qonunga binoan tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman)ning faoliyati yo'lga qo'yildi. Shuni alohida takidlab o'tish joizki, insonning eng asosiy huquqlaridan biri hisoblangan siyosiy huquqi - fuqarolarning bevosita o'zi yoki boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi nafaqat O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, balki qabul qilgan normativhuquqiy hujjatlarida ham belgilab qo'yildi. Jamiyatda fuqarolarning murojaatlariga doimiy etibor qaratish jamiyatda nihoyatda muhim masalalardan biri hisoblangan. Binobarin, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi qancha yuqori bo'lsa, jamiyat taraqqiyotiga to'siqlar, muammolar ham shuncha tez o'z yechimini topadi, bu esa, o'z navbatida, fuqarolarning huquqiy madaniyatining shakllanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, fuqarolarning muayyan masala bo'yicha davlat organlariga murojaat qilishlari ushbu muammolarni hal qilish uchun o'ziga xos bir yordam hisoblanadi. Demak, har bir davlat idorasi va tashkiloti doimiy ravishda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirib borishlari bugungi kunning hayotiy talabiga aylanmoqda. Xususan, mustaqillik yillarida mamlakatimizda fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirokini faollashtirish, ularning davlat organlari va mansabdor shaxslariga bildirgan murojaatlari o'z vaqtida ko'rib chiqilishi va hal qilinishini ta'minlash orqali fuqarolarning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Milliy qonunchiligimizning rivojlanishi, axborot-kommunikatsiya vositalarining hayotimizda tobora muhim ahamiyat kasb etishi hamda mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning jamiyat hayotidagi o'rni va rolini hisobga olgan holda hamda qabul qilingan qonunlarni yanada takomillashtirish, bu borada qonunchilik bazasi va huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2014 yilning 3 dekabrida O'zbekiston Respublikasining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga