Fuqarolar sog'ligini saqlash va dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risidagi qonunlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli Reja: «Fuqarolar sog'ligini saqlash to'g'risida»gi qonunning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli. «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida»gi qonunlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli. Fuqarolar sog'ligini saqlash to'g'risidagi qonunning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli Sog'liqni saqlash va tibbiy yordam olish huquqi - insonning asosiy huquqlaridan bo'lib, ularsiz boshqa boylik va qadriyatlar o'z qimmatini yo'qotadi. Shuni qayd etish lozimki, sog'liq insonning shaxsiy boyligigina bo'lib qolmasdan, o'ta muhim ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Agar jamiyatda sog'ligini yo'qotgan kishilarning soni ko'p bo'lsa, samarali rivojlanish bo'lmaydi, chunki «boqimandalik»ning yuki aholining sog'lom va ishga yaroqli qismi zimmasiga tushadi. Demak, har bir kishi o'z sog'ligi to'g'risidagi qayg'urishi boshqalarning sog'ligiga putur yetkazmasligi, davlat esa sog'liqni saqlash tizimining sifatli, samarali faoliyat ko'rsatishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. O'zbekistonda fuqarolarning sog'ligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat olish huquqi konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo'yilgan. Respublika qonunchiligi tomonidan barcha fuqarolar uchun bepul va kafolatlangan asosiy, hamda aholining ayrim qatlamlari uchun qo'shimcha tibbiy yordam ko'rsatilishi belgilab berilgan. Ammo Respublika fuqarolari bu haqiqat qanchalik achchiq bo'lsada, avvalambor o'zlarining sustkashligi tufayli bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishning mavjud shartlari va imkoniyatlari haqida yetarlicha ma'lumotga ega emaslar. Shu sababli bugungi kunda sog'liqni saqlash sohasi, tibbiy xizmatlar iste'molchilari huquqlariga rioya qilish nuqtai nazaridan eng muammoli sohalardan bo'lib qolmoqda. Shu sababli ham Respublikamizda «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun iste'molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratib berdi. Bu qonun 1996 yil 29-avgustda qabul qilingan bo'lib, 47-moddadan iborat. Bu qonunning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: a) fuqarolarning sog'ligini saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta'minlash; b) fuqarolarning sog'lom turmush tarzini shakllantirish; v) davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish. Bu qonunning 4-moddasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining fuqarolar sog'ligini saqlash sohasidagi vakolatlari keltirilgan. Umuman olganda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi fuqarolari sog'liqni saqlash borasida dahlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, millati, irqi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar fuqarolar sog'ligi saqlanishini ta'minlaydi. Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat'iy nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi.Ushbu qoidani buzishda aybdor bo'lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar. Ushbu qonunning 5-moddasida esa O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligining vakolatlari keltirilgan. Bunga ko'ra O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi o'z vakolatlari doirasida davolash-profilaktika, sanitariya, epidemiyaga qarshi, radiatsiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlari O'zbekiston Respublikasi hududidaga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.56 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.56 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: doc