Fuqarolar sog'ligini saqlash va xizmatlar sohasida qabul qilingan qonunlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati Reja: Fuqarolar sog'ligini saqlash sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati Xizmatlar sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati Aholi sog'ligi huquqiy muhofazada Tayanch iboralar: iste'molchi, ijrochi, ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, shartnoma, tovar, normativ hujjat, tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi, muvofiqlik sertifikati, tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni, kafolat muddati, xizmat muddati, yaroqlilik (saqlash) muddati, kassa cheki, tovar cheki. Fuqarolar sog'ligini saqlash sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati iste'molchilarning huquqlari buzilish holatlari tez-tez uchrab turadigan sohalardan yana biri sog'liqni saqlash bilan bog'liq soha hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillika erishgan kundan boshlaboq sog'lom avlodni tarbiyalashga katta etibor berila boshladi. Natijada, fuqarolar sog'ligini saqlashga qaratilgan qator qonunlar tizimi ishlab chiqildi va hayotimizga joriy etildi. Shunday Qonunlardan biri 1996 yil 29 aprelda qabul qilingan «Fuqarolar sog'ligini saqlash to'g'risida»gi Qonuni hisoblanadi. Fuqarolar sog'ligini saqlash to'g'risidagi Qonun hujjatlarining asosiy vazifalari fuqarolarning sog'ligini saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta'minlash, fuqarolarning sog'lom turmush tarzini shakllantirish, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog'ligini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish hisoblanadi. Ushbu Qonunning «Fuqarolarning sog'liqni saqlash huquqi» deb ataluvchi 13-moddasida xususan shunday deyilgan: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari sog'liqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy movqeidan qati nazar fuqarolarning sog'ligi saqlanishini ta'minlaydi. Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qati nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor bo'lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar. Ko'pchilik hollarda tibbiyot muassasalarida bemorlarning huquqlarining buzilish hollarining guvohi bo'lamiz. Bemorning huquqlari ushbu Qonunning 24-moddasida o'z aksini topgan. 24-modda. Bemorning huquqlari. Bemor tibbiy yordam so'rab murojaat qilingan va tibbiy yordam olayotgan paytda quyidagi huquqlarga ega: a) tibbiyot xodimlari va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning hurmat va mehr-muruvvat ko'rsatishlari; b) shifokorni va davolash-profilaktika muassasasini tanlash; v) sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan o'tish, davolanish va parvarish qilinishi; g) O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi belgilab qo'ygan tartibda o'z iltimosiga ko'ra boshqa mutaxassislarning konsilium qilish va ulardan maslahatlar olish; d) tibbiy yordam so'rab murojaat qilganligi, sog'ligining holati, qo'yilgan tashxis to'g'risidagi ma'lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog'ida olingan boshqa ma'lumotlar sir saqlanishi; s) tibbiy aralashuvga o'z ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish; j) o'z huquq va burchlari xususida hamda sog'ligining holati haqida ma'lumot olish, shuningdek sog'ligining holatiga doir ma'lumotlarini uning manfaatini ko'zlagan holda bersa bo'ladigan shaxslarni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.92 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.92 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: doc