Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish hamda ularning qabulini tashkil etish

Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish hamda ularning qabulini tashkil etish

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish hamda ularning qabulini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish hamda ularning qabulini tashkil etish Reja: Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish hamda ularning qabulini tashkil etish Jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish hamda surishtiruv va dastlabki tergov o'tkazishda qonunlarning aniq bajarilishi ustidan prokuror nazorati Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish hamda ularning qabulini tashkil etish Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari (arizalar, takliflar, shikoyatlar), shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Devoni, Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili, Inson huquqlari bo'yicha milliy Markaz, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Respublika boshqaruv idoralari jamoat birlashmalari, O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan xalqaro tashkilotlar, jamg'armalar hamda xorijiy davlatlar vakolatxonalari, ommaviy axborot vositalari vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi va murojaat etuvchilar qabul qilinishini tashkil etish amaldagi qonun hujjatlariga, Bosh prokurorning buyruq va ko'rsatmalari hamda O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi to'g'risidagi Yo'riqnomaga muvofiq belgilanadi. Bosh prokurorning o'rinbosarlari, boshqarma va bo'limlar boshliqlari murojaatlarning to'liq, o'z vaqtida hamda malakali tarzda ko'rib chiqilishini taminlovchi chora-tadbirlarni ko'radilar. Murojaatlar bir tarmoqdan boshqasiga boshqarma, bo'lim boshlig'ining asoslantirilgan bildirgisi va Bosh prokuror o'rinbosarining roziligi asosida o'tkaziladi. Agar murojaat nazoratga olingan bo'lsa, bu haqda fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi hamda tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasi albatta xabardor qilinadi. Murojaatda bir necha boshqarma va bo'limlarning vakolat doirasiga taalluqli masalalar bo'lsa, ijrochilar orasida nomi birinchi bo'lib qayd etilgan boshqarma, bo'lim rahbari masul hisoblanadi. Masul rahbar murojaatning nusxalarini boshqa ijrochilarga topshirilishi, zarur hollarda muddatlar uzaytirilishi, tekshirish bo'yicha yagona topshiriq tayyorlanishi va boshqa ijrochilardan ushbu murojaatga taalluqli hujjatlarning nusxalarini olib, dastlabki, oraliq va mohiyatan asoslantirilgan yakuniy javoblar yuborilishini ta'minlaydi. Hal etilishi Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan murojaatlar bo'yicha muallifga javoblar faqat Bosh prokurorga axborot berilganidan keyingina yuboriladi. Hal etilishi Bosh prokurorning o'rinbosarlari tomonidan nazoratga olingan murojaatlar ham xuddi shu tartibda hal etiladi. Fuqarolar va yuridik shaxslar yoki ularning vakillarini qabul qilish fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi tomonidan amalga oshiriladi. Bosh prokuror qabuliga Bosh prokuror o'rinbosarlarining qarorlaridan norozi bo'lgan fuqarolar kiritiladi. Bosh prokuror o'rinbosarlari tomonidan Bosh prokuraturaning boshqarma va bo'limlari hamda viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlariing qarorlaridan norozi bo'lib murojaat qilgan fuqarolar qabul qilinadi. Fuqarolarning murojaatlari va xatlar bo'limi prokuratura rahbariyati qabuliga kelgan fuqaro (vakil)ning avvalgi murojaati bo'yicha to'plangan hujjatlarni o'rganib, axborot beradi. Boshqarma va bo'limlarning boshliqlari shu tarmoqqa taalluqli masala yuzasidan kelgan fuqarolarni qabul qiladilar. Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari ko'rib chiqilishida qonuniylikni ta'minlash to'g'risida 2004 yil 10 dekabr 37-son buyrug'i bilan tartibga solinadi. Buyruq talablari yuqorida qayd etilgan. Muhokama ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.84 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.84 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga