Fuqarolar yig'ini raisi oqsoqoli va uning maslahatchilari saylovi

Fuqarolar yig'ini raisi oqsoqoli va uning maslahatchilari saylovi

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolar yig'ini raisi oqsoqoli va uning maslahatchilari saylovi - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolar yig'ini raisi oqsoqoli va uning maslahatchilari saylovi Reja: Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi Komissiyaning vakolatlari Ishchi guruh O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida 2004 yil aprelda Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to'g'risidagi Qonunning qabul qilinishi xalqimizning xohish-irodasiga aynan mos tushadi. Chunki, boshqaruv tizimida xalqqa yaqin turishda bu bo'g'inga teng keladigani yo'q. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining ijtimoiy turmushdagi roli va ahamiyati O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan bir necha bor takidlanganligi, ham bejiz emas. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda davlatimiz boshlig'i «fuqarolar yig'inlari raislari va maslahatchilarining o'rni va faoliyatini qonuniy nuqtai nazardan yanada mustahkamlash maqsadida ularning saylash maqsadida qonun qabul qilinishi kerak» dedilar. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining bugungi kundagi faoliyati ularning ish tajribasi ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha jabhalarida demokratik islohotlarni yanada chuqurllashtirish, mahalliy o'zini o'zi boshqarish tizimini huquqiy asoslari yanada takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Erkin va demokratik saylovlarsiz huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni tasavvur etib bo'lmaydi. Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to'g'risidagi Qonun boshqaruvning bu tizimiga saylov chinakam demokratik erkin bo'lishini ta'minlash, fuqarolarning saylash va saylanish huquqini yanada aniqroq belgilab ko'yish, fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylanshi tashkil etish va o'tkazish munosabatlarini tarshbga solish Qonunnig asosiy maqsadidir. Ushbu qonun mamlakatimizda demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishda va ulkan ahamiyatga molik muhim ijshmoiy-siyosiy tadbirni yuqori darajaga ko'tarishga yo'naltirilgan. «Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to'g'risida»gi Qonun ham xalqaro qonunchilik va ham milliy qonunchiligimiz tarixida dastlabki tajribadir. Malumki, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi - mahalla tarixi bir necha ming yillarga borib taqalsa-da, faqat mustaqillik davridagina uning ahamiyati va mohiyati yuksak qadrlana boshlandi. Mahallalar, fuqarolarining o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatiga mustaqillik berildi, ularning taraqqiyoti ta'minlandi, kelajagi kafolatlandi. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari. mahallalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi yuridik negiz, tegishli qonunchilik ham ayni shu istiqlol sharofati tufayli yaratildi va izchil mukammalashtirib borilmoqda. Sobiq sho'rolar davrida mahalla faoliyati XX asrning 60-yillarida tasdiqlangan birgina Nizom bilan tartibga solinardi, xolos. Mahalalar faoliyatini yanada mustahkamlash va izchil rivojlanshrishning huquqiy asosini ta'minlashga qaratilgan maxsus Qonun - «Fuqarolarning o'zinv o'zi boshqarshm organlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunning qabul qilinishi yuqorida zikr etilgan konstitutsiyaviy qoidalarni hayotga keng tadbiq etish yo'lida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga qadar amaldagi qonunchiliqda fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o'tkazishga doir munosabatlarni tartibga soluvchi konkret qoidalar, aniq me'yorlar mavjud emasligini qayd etish lozimdir. Bu qonunga qadar ushbu jarayon har ikki yarim yilda - saylovlar arafasida Oliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.47 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.47 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga