fuqarolarning huquq va erkinliklari tizimi Reja: 1. Shaxsiy huquq va erkinliklar 2. Asosiy huquq va erkinliklar xususiyatlari 3. fuqarolik huquq va erkinliklarning yo'nalishlari 4. huquq va erkinliklarning kafolati 5. fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari Shaxsiy huquq va erkinliklar Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari 3 guruhga bo'linadi. huquq va burchlar insonlarning xulk-atvorini tartibga solish vositasi bo'lib, jamiyat, davlat yoki muayyan ijtimoiy guruhlar tomonidan o'rnatiladi. Davlat tomonidan o'rnatilgan huquqiy normalar insonlarning xatti-harakatlarini belgilab, ularga huquq va erkinliklar beradi va burchlar yuklaydi. huquqlar xam, burchlar xam, o'z navbatida, huquqiy normalarning talablariga javob beradi. huquq shaxsga tabiat va davlat tomonidan berilgan o'z ehtiyojini kondirish imkoniyatlari hamda uning turmush jarayonida o'ziga berilgan huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini belgilovchi huquqiy normalardir. Burchlar esa shu jamiyatdagi shaxslar uchun bajarilishi majburiy bo'lgan yoki biror bir harakat qilishdan voz kechishni belgilaydigan huquqiy normalardir. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquqlari, erkinliklari deganda, O'zbekiston davlati tomonidan o'rnatilib, uning Konstitutsiyasida kayd qilingan, xar bir fuqaroga o'zining xatti-harakatini tanlash ishlarida katnashish uchun foydalanish imkoniyati tushuniladi. fuqarolarning burchi bu jamiyat, davlatning fuqaro oldiga ko'ygan talabidir. Demak, asosiy burch (majburiyat) deganda, O'zbekiston davlati tomonidan belgilanib, Konstitutsiyada mustahkamlangan, xar bir fuqaro bajarishi zarur bo'lgan, bajarmaslik esa javobgarlikka olib keladigan xatti-harakatlar va yashash tarzi qoidalarini tushunamiz. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Konstitutsiyada belgilab ko'yilgan bo'lib, ular joriy qonunchilik normalarida, yani konstitutsiyaviy, ma'muriy, fuqaroviy, mehnat va boshqa huquqiy normalarda rivojlantirilgan, aniklashtirilgan, to'ldirilgan. Konstitutsiyaviy huquq fanida fuqarolarning Konstitutsiyada o'z aksini topgan huquqlari, erkinliklari va burchlari asosiy huquqlar, erkinliklar va burchlar deb nomlanadi, boshqa qonunlarda, farmonlarda, kodekslarda ko'rsatilgan huquqlar, erkinliklar va burchlar esa asosiy emas deb ko'rsatiladi.2 fuqarolarning kostitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari asosiy deb atalishining ikki sababi bor: birinchidan, ular fuqarolarning muhim manfaatlarini xam ko'zda tutadi, ikkinchidan, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari oddiy, joriy qonunlarda emas, balki Konstitutsiya normalarida mustahkamlab ko'yilgan bo'ladi va fuqarolarning boshqa huquqlari shu asosiy huquqlar asosida yaratiladi va ularga mos bo'lishi kerak. Konstitutsiyaviy huquq fani fuqarolarning barcha huquqlari, erkinliklari va burchlarini emas, balki fakat Konstitutsiyada ko'rsatilgan asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini o'rganadi. Asosiy huquq va erkinliklar xususiyatlari fuqarolarning O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari malum xususiyatlarga ega. Ular kuyidagilardan iborat: 1. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari O'zbekiston Respublikasining joriy qonunlari yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida yoki ulardan kelib chikadigan huquqiy munosabatlarda emas, balki bevosita O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan. 2. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari birinchi navbatda, bevosita shaxs va fuqaro bilan davlat o'rtasida muhim aloqalarni ifodalaydi. 3. Inson va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.91 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.91 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: doc