Fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazorati Reja: Fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining mazmuni, predmeti va vazifalari. Prokurorning vakolatlari. Fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining o'ziga xos xususiyatlari. Inson va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining o'ziga xos xususiyatlari. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining mazmuni, predmeti va vazifalari. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil avgust oyida bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida Prezidentimiz I.A. Karimov o'z ma'ruzasida «Demokratik jamiyatda alohida fuqarolar emas, balki ularning qonuniy huquq va manfaatlari qanday himoya qilinayotgani prokurorlik nazoratining obyekti hisoblanadi, deb, ta'kidlagan edi. Prokuratura organlarining huquqiy muhofaza funksiyasi -maxsus huquqiy institut bilan realizatsiya qilinadigan davlatdagi huquqiy muhofaza mexanizmining zvenolaridan biridir. Ko'p yillik statistik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda so'zsiz prokuratura organlarining roli faol(aktiv)ligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda fuqarolarning o'z huquqlarini muhofaza qilish uchun prokuratura organlariga murojaatlarining soni sudga murojaat qilishdan 10 barobar ko'pdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxslarning shunday huquqiy maqomi prinsiplari mustahkamlab qo'yilgan, ya'ni teng huquqlilik, huquq, erkinlik, majburiyatlarning kafolatlanganligi, huquq va majburiyatlarni suiiste'mol qilish ta'qiqlanganligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni qonunsiz chegaralashning ta'qiqlanishni qayd qilish mumkin. «Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning obro'-e'tibori- hamma-hammasi odamlarimizda qonun buzilishi bilan bog'liq har qanday xatti-harakatlarga nisbatan barqaror qarshilikni shakllashtirishga qaratilmog'i lozim». O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuning 2- bobi Fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorat deb nomlanib, 24-moddada nazorat predmeti qayd qilingan. Unga ko'ra, Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi nazorat predmeti hisoblanadi. Prokurorning vakolatlari. -Fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to'g'risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqadi va tekshiradi; -Arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi; -Fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish; -Qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko'radi; -Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishini jinoiy xususiyatga ega deb bilish uchun asoslar mavjud bo'lgan taqdirda prokuror jinoyat ishi qo'zg'atadi hamda uni sodir etgan shaxslar qonunga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishiga doir choralarni ko'radi; -Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishi ma'muriy huquqbuzarlik xususiyatiga ega bo'lgan hollarda prokuror ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida ish qo'zg'atadi; -zudlik bilan huquqbuzarlik to'g'risidagi ma'lumotni va tekshiruv materiallarini ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.69 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.69 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: doc