Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi

Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi Reja: Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi. Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) faoliyati yo'nalishlari Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi faoliyati va uning vazifalari. Malakali yuridik yordam olish huquqi Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi. O'zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalaridan biri sifatida inson huquqi va erkinliklarini muhofaza qilish va uning kafolatini ta'minlashga muhim e'tiborini qaratib kelmoqda. Binobarin, inson huquqlari va erkinliklarini hamma narsadan ustun qo'yilishi O'zbekiston Konstitutsiyasining asosiy mohiyatini tashkil etadi. O'zbekistondagi tub islohotlar samarasi inson huquqlarini qay darajada ta'minlanganligiga va amalga oshirilayotganligiga bevosita bog'liqdir. O'zbekiston Konstitutsiyasida davlat qiyofasi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy tizimlari, umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlar va tamoyillarga muvofiqligi uamda inson huquqlari va erkinliklarining himoyalanganligi darajasi ko'zgudagidek aks etgan. O'zbekistonda fuqarolar huquqlarini himoya qilish tizimining barcha huquqiy asoslari Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan. Qat'iy belgilangan konstitutsiyaviy me'yorlar asosida inson huquqlarini himoya qilish va uni amalga oshirishning tashkiliy huquqiy mexanizmini vujudga keltirish bo'yicha O'zbekistonda faoliyat keng rivoj topdi. Fuqarolar huquqlarining Konstitutsiyaviy kafolatlari ta'minlanishida bevosita inson huquqlarining amalga oshirilishini ro'yobga chiqaruvchi turli yo'nalishdagi faoliyatlar tashkil qilingan. Ular orasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo'yicha milliy markazni aytib o'tish o'rinlidir. Shu bilan bir qatorda fuqarolar huquqlarini himoya qilish tizimida sud, prokuratura, advokatura va boshqa davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari ham muhim rol o'ynaydi. Inson huquqlarini himoya qilish va unga rioya etishning amaldagi mexanizmini vujudga keltirishda quyidagilar ustuvor etib belgilangan: Respublikada inson huquqlarini himoya qilish, unga amal qilishning huquqiy bazalarni shakllantirish va takomillashtirish; inson huquqlarini ta'minlash souasida sud hokimiyati va ijro hokimiyati idoralari faoliyatining samaradorligini oshirish va inson huquqlari bo'yicha qushimcha milliy tuzilmalar barpo etish; inson huquqlariga amal qilish va uni hurmat qilishning zarurligini tushunishga erishish sohasida fuqarolarni aniq maqsadga qaratilgan va bosqichma-bosqich huquqiy tarbiyalash hamda mansabdor shaxslarning huquqiy savodxonligini kuchaytirish yo'li bilan jamoatchilik ongini oshirishga kumaklashish; inson huquqlari masalalari bo'yicha monitoring sohasida nodavlat tashkilotlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida fuqarolarning jamoatchilik tuzilmalari bilan yanada yaqinroq hamkorlik urnatish; inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishning huquqiy va tashkiliy ta'minlash sohasida xalqaro tajribani o'rganish va qullash hamda O'zbekistonning tarixiy an'analarini hisobga olish. O'zbekistonda Konstitutsiya asosida inson erkinliklari va huquqlarining butun majmuini qonuniy urnatadigan, balki shu bilan birga inson huquqlari va erkinliklarini himoyalashga amal qilish tartibi va mexanizmini belgilaydigan, ushbu soha ustidan davlat va jamoat nazorati turlarini aniqlaydigan barqaror huquqiy baza yaratildi. Uozirgi vaqtda Konstitutsiya me'yorlariga muvofiq Respublikada fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oirishga bevosita aloqador ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.82 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.82 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga