Fuqarolarning huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari Reja: Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar. Fuqorolik tushunchasi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarining asosiy turlari. Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar. Hayotimizning asosiy qonuni bo'lgan O'zbekiston Konstitutsiyasining xalqimiz, jamiyatimiz va davlatimiz uayotida tutgan o'rni va auamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyada davlatimizning demokratik mohiyatidan kelib chiqqan uolda asosiy inson huquqlari va erkinliklari huquqiy kafolatlab quyilgan. Konstitutsiya O'zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, ya'ni xalqning o'zi bevosita boshqariladigan jamiyat va demokratik huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib quyadi. Unda «jamiki dunyoviy ne'matlar orasida eng ulug'i-inson» ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan. Insonni ulug'lash, uni muuofaza qilish va uar tomonlama kamol toptirish Konstitusiyamizning asosiy g'oyasiga aylantirilgan. Zero, Konstitusiyamizning eng katta va muhim qismi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlangan II bo'limidir. Konstitutsiyamizda faqat fuqarolarning huquqlarigina belgilab quyilmasdan, xorijiy davlatlarning va fuqaroligi bo'lmagan insonlarning asosiy huquqlari, erkinliklari haqidagi qoidalari uam mustaukamlangan. Ushbu qoidalar, tamoyillar fuqarolar o'z huquq va erkinliklaridan tug'ri foydalanishlari va zimmalariga yuklatilgan burchlarini ualol, vijdonan bajarishlari shartligini uamda davlat organlari, mansabdor shaxslar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli va samarali tadbiq qilishida mas'ul ekanliklarini bayon etadi. Bu qoidalar qonuniylik, fuqarolarning umumiy tengligi, fuqaro va davlatning birbiriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqligi, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarining uyg'unlashganligidan iborat. Qonuniylik - barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning aniq va og'ishmay bajarilishidir. Qonuniylikning asosiy talabi mamlakatning ijtimoiy va davlat tuzumini mustaukamlash, bozor iqtisodiyotiga utish uchun mulkning turli shakllariga yul ochish va ularni quriqlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini mustaukamlashdir. Qonuniylikning talablariga rioya qilish inson huquq va erkinliklarini to'la ta'minlanishiga yul ochadi, insonlarda qonunlarga ishonch va uurmat hislarini uyg'otadi. Ikkinchi tomondan esa, davlatimiz xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyotini ta'minlaydi. Siz yoshlar Konstitutsiya va boshqa qonunlarning mazmun-mouiyatini chuqur uqib va o'rganib ularga kundalik uayotingizda amal qilishga odatlanib borishingiz lozim. Shu bilan birga oila, litsey, kollej, kelajakda esa o'z ish joyingizdagi ichki tartibintizomga vijdonan, muntazam amal qilib borsangiz hayotingiz xavfsiz, barqaror va farovon bo'ladi. Sizni komil inson bo'lib uayotda o'z urningizni topishingizga yul ochiladi. Eng asosiysi inson huquqlari ustuvorligi va qonuniylik tamoyili buzilmaydi. Bu esa jamiyat va shaxsning taraqqiyot garovidir. Ijtimoiy adolat Konstitutsiyaning asosiy prinsiplaridan biridir. Konstitutsiyada davlat inson va jamiyat farovonligini kuzlab ijtimoiy adolat va huquqiylik prinsiplari asosida o'z faoliyatini amalga oshirishi belgilab qo'yilgan. Shu bois ham insonga munosib uayotni va uning rivojlanishini ta'minlash umumdavlat siyosati darajasiga kutarilgan. O'zbekiston ijtimoiy adolatga asoslangan davlatdir. Shuning uchun u fuqarolarni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.54 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.54 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: doc