Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi va erkinliklariga qarshi jinoyatlar Reja: 1. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar tushunchasi va yuridik tahlili. 2. Fuqarolarning teng huquqligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik. 3. Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik. 4. Saylov o'tkazish tartib qoidalari va saylov huquqlariga qarshi jinoyatlar. 5. Mehnat qilish huquqini buzganlik uchun javobgarlik. 6. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar tushunchasi va yuridik tahlili. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish (141-modda). Konstitutsiyaning 18-moddasida «O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar birxil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irki, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqei-dan kati nazar, qonun oldida tengligi belgilanadi». Jinoyatning bevosita obyekti - fuqaroning shaxsiy huquqlarini targ'i-boti Jinoyatning predmeti bo'lib fuqaroning nafaqat O'zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyatitutsiyasi, balki xalqaro hujjatda tutilgan huquqlari kiradi. obyektiv jihatdan jinoyat fuqarolarning jinsi, irki, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy yoki ijtimoiy holatidan kelib chikkan holda, huquqlarining bevosita yoki bilvosita bo'zilishi yoki cheklanishida namoyon bo'ladi. Harakat orqali sodir etilgan jinoyatga qasddan fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklaridan foydalanishga tuskinlik qilish kiradi. Harakatsizlik orqali sodir etilgan jinoyatga esa xudi shu huquq va erkinliklardan foydalanishga kumak bermaslik kiradi. Jinoyat fuqarolarning huquqlarini jinsi erkinliklariga zarar etish yoki etmasligidan katiy nazar buzish yoxud cheklashning boshlangan vaqtidan tugallangan deb topiladi. Jinoyatning tarkibi bo'lishi uchun, irki, millati, tili, dinidan katiy nazar fuqarolarning huquq va erkinliklarini yoki imtiyozlarini buzish yoki cheklash uchun harakat yoki harakatsizlikning o'zi kifoyadir shu sababdan bu jinoyatga nisbatan suiqasd istisno qilinadi. subyektiv tomondan fuqarolarning teng huquqliyligini buzish anglangan holda sodir etilgan jinoyatdir. Maqsad bevosita yoki bilvosita bo'lishi mumkin. Bunda kilmishning aniq maqsadi bo'lmasligi mumkin. Asosiysi jinoyatning sababidir, yani aybdorning sodir etgan kilmishi jabrlananuvchinig JKning 141-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan vaziyatlarga taaluqli bo'lishi kerak. Jinoyatning subyekti - 16yoshga to'lgan sog'lom, jismoniy shaxs. Jinoyat subyekti lavozimdagi shaxs bo'lgan xollarda sodir etilgan jinoyat zarur bo'lganda (mansab vakolatini suistemol qilish (JK 205-modda) hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (JK 206-modda) kabi belgilar bo'lganida) JKning tegishli moddasi Maxsus qismi bilan qo'shimcha ravishda kvalifikatsiya qilish zarur. Fuqarolarning turar joy daxlsizligini buzish (142-modda). Turar joy daxlsizligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyatitu-tsiyasi bilan kafolatlanadi, yani Konstitutsiyatitutsiyaning 27-moddasida xech kim qonun nazarda tutgan xollarda va tartibdan tashqaribirovning turar joyiga kirish, tituv o'tkazish yoki uni ko'zdan kechirishi mumkin emas, deb kayd etigan. Jinoyatning asosiy bevosita obyekti bo'lib fuqarolarning turar joy daxilsizligi bo'yicha Konstitutsiyatitutsion huquqini ta'minlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. qo'shimcha obyekt sifatida, shaxsiy daxlsizlik, sog'liq shaxsiy erkinlikni taminlovchi ijtimoiy munosabatlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.78 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.78 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: docx