Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etish

Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etish

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etish Reja: Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. Prokuratura organlarida shikoyatlarni ko'rish va hal qilish Murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi va muddatlari Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etish Prokuratura organlarida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroridan tortib, tuman, shahar prokurorlarigacha, umuman prokuratura organlarining barcha prokuror - tergov xodimlari tomonidan fuqarolarning ariza, shikoyat va murojaatlari bo'yicha ishlash yuzasidan tegishli chora va tadbirlar belgilangan. Ular tomonidan oyning, haftaning malum bir kunlari va kunning malum soatlari qabul vaqti qilib belgilanib, rasmiy ravishda, albatta, prokuratura idorasining kirish joyida ko'rinarli yerda qaysi bir prokuror - tergov xodimi qachon va qaysi vaqtda fuqarolarni qabul qilishligi jadval asosida ko'rsatib qo'yilgan. Prokuror o'ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda ko'rib chiqishi, zarur chora-tadbirlar ko'rishi hamda o'z qarori to'g'risida arizachiga malum qilishi shart (O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonuni 32-moddasi). Hokimiyatning taqsimlanishini hayotga bosqichma-bosqich tatbiq etilishi munosabati bilan, shuningdek, sud hokimiyatini amalga oshiruvchi organlarning o'z faoliyatlaridagi mustaqilligi, ularning boshqa hech qanday davlat organlari nazoratida emasliklari oqibatida prokurorning nazorat faoliyati ushbu sohada o'z ahamiyatini yo'qotdi va prokuratura faoliyatining sudlarda ishlarning ko'rilishida ishtirok etishi tariqasidagi maxsus yo'nalishi deb etirof etila boshladi. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish qonunning 7-moddasida belgilangan. Unda qayd etilishicha, «Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko'radilar. Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. Prokuror o'ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab qilish huquqiga ega. Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish natijalari bo'yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasian qaror qabul qilinganidan keyin prokuroratura organlarida ular bo'yicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir». Prokuror o'z zimmasiga yuklangan vazifani bajara borib, fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to'g'risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqadi va tekshiradi; arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi; fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda etkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko'radi; O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan vakolatlardan foydalanadi. Fuqaroning huquq va erkinliklarining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.21 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.21 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga