Fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining o'ziga xos xususiyatlari

Fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining o'ziga xos xususiyatlari Reja: Saylov qonunchiligini ijro etilishi ustidan prokurorlik nazoratini amalga oshirish Inson va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror nazorati Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish yuzasidan prokurorlik faoliyati Fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklari O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog'liq va amalda bo'lgan qonunchilik bilan o'rnatilgan doirada realizatsiya qilinadi. Nazorat faoliyatining mazmuni quyidagi holatlar bilan belgilanadi: O'zbekiston Respublikasida yagona hokimiyat manbai va suverenitet tashuvchisi bo'lib, uning ko'p millatli xalqi hisoblanadi; Xalq o'z huquqini, boshqaruvda umumiy ishlar bo'yicha ishtirok etib, shuningdek o'z vakillari orqali ishtirok etib, realizatsiya qiladi. Boshqaruvda fuqarolarning bevosita ishtirokining shakli bo'lib, tegishli hududda istiqomat qiladigan fuqarolarning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan, turli xil masalalar bo'yicha o'tkaziladigan referendumlar xizmat qiladi. Davlat organlari va mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlariga saylash va saylanish huquqi -siyosiy huquqlardan biri bo'lib, hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida fuqarolarning mitinglar, yig'ilishlar, namoyishlar o'tkazish huquqini shuningdek, siyosiy huquqlardan muhimlarini o'tkazishni mustahkamlab qo'ygan. Saylov qonunchiligi va jamoat tashkilotlari to'g'risidagi qonunchilik qayta ishlab chiqilganligi katta ahamiyatga egadir. Ushbu ikki qonun ustidan nazorat - prokurorlik faoliyatining yangi yo'nalishidir. Saylov huquqlarini hayotga tatbiq etishda muhim rolni saylov to'g'risidagi qonunlar o'ynaydi. Bu qonunlar fuqarolarning saylov huquqlarini asosiy kafolatlari hisoblanadi. Saylov qonunchiligini ijro etilishi ustidan prokurorlik nazoratini amalga oshirishda quyidagilarga etiborni berish lozim : joylarda mahalliy xalq deputatlari Kengashlariga saylov o'tkazishda, normativ aktlarni chiqarilishida saylov to'g'risida O'zbekiston Respublikasi qonuniga zid kelmasligiga ; fuqarolarning alohida kategoriyalarining saylov huquqlarini cheklash hollariga yo'l qo'ymaslik (tegishli hududda uzoq muddatga doimiy yashashni talab qilish; doimiy yashash joyini vaqtincha tashlab ketganlarni saylov huquqlaridan mahrum qilish ); deputatlikka nomzodlarni (registratsiya) qayd qilish uchun qo'shimcha shartlarni kiritilishiga (tub aholi so'zlashadigan tilni bilish; garov qo'yish va boshqalar); jamoat birlashmalarini saylov jarayonidagi qatnashish huquqini cheklashga; fuqarolarning saylov huquqlarini asosiy kafolatlari to'g'risidagi qonunda ko'rsatilgan bitta saylov organiga saylovchilar vakillarini o'rta me'yorini oshirishga; nomzod sifatida ruyxatdan o'tkazilgan davlat yoki hokimiyat tizimida xizmat qiluvchi mansabdor shaxslarni saylovoldi tashviqotini o'tkazishda o'z manfaatlarini ko'zlab, mansab vakolatlarini suiistemol qilishlariga; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylov bo'yicha saylovoldi kompaniyalarida sodir qilinishi mumkin bo'lgan quyidagi qonunbuzilishlariga nisbatan etiborni (prokurorlik nazoratini) kuchaytirish zarur: deputatlikka nomzodlarni taqdim qilish va ularni qayd qilishda imzo varaqalarini soxtalashtirilishiga; deputatlikka nomzodlikni qayd qilishni qonunsiz ravishda rad qilish (o'zlari uchun zarur bo'lgan deputatni qo'llab-quvvatlash uchun, atayin o'ylab chiqarilgan asoslarga ko'ra, imzolar sonini pasaytirish); deputatlikka nomzodlikni qayd qilish uchun topshirilayotgan hujjatlarni asossiz ravishda rad qilishga ; saylovoldi tashviqoti mobaynida huquqlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.18 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.18 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga