Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish orqali sodir etiladigan jinoyatlar Reja: Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish orqali sodir etiladigan jinoyatlarga shart-sharoit yaratuvchi sabab va omillar Tan jarohatlarini yetkazish bilan bog'liq vaziyatlar To'g'ri, zo'ravonlik jinoyatlarining sodir etilishida ayblanuvchi shaxs yashab turgan ijtimoiy muhit Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish orqali sodir etiladigan jinoyatlarga shart-sharoit yaratuvchi sabab va omillar Jinoyatchilikning sabablari va ularni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar xususida bir qator ilmiy adabiyotlarda turli nazariy qarashlar mavjud va, shu bilan birga, ularning oldini olish bo'yicha zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar ham ishlab chiqilgan. Biroq, ta'kidlash joizki, o'tgan asrning ikkinchi yarmida yaratilgan aksariyat nazariy qarashlar asosan kommunistik mafkura asosida bo'lgan hamda rivojlangan sotsializm zaminida jinoyatchilikning sabablari umuman barham topadi va faqat ayrim shart-sharoit jinoyatchilikning kelib chiqishiga ta'sir etadi degan g'oya mavjud nazariy qarashlar o'zagini tashkil etganligini ko'rish mumkin edi. Binobarin, fuqarolarning sog'lig'i va umuman jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning sabablari ham asosan rashk, qasd, ko'rolmaslik kabi eskilik sarqiti bo'lgan odatlar sifatida qaralgan. Shuning uchun ham jinoyatchilikning oldini olishga asosan turli eskilik sarqitlarini omma ongiga kiritmaslik asosida yo'l qo'ymaslikka erishish mumkinligi targ'ib etilgan. Shunday bo'lsa-da, bir qator olimlar jinoyatchilikning yuzaga kelishiga ta'sir etuvchi ko'plab sabab va shart-sharoitlar mavjudligini e'tirof etgan. Ushbu darslikni tayyorlashda biz yuqorida bayon etilganlarni e'tiborga olgan holda jinoyatchilikning umumiy sabablari xususida emas, balki ko'rib chiqilayotgan toifadagi jinoyatchilikning ayrim jihatlarini, jinoyatchilikni eskilik sarqiti emas, aksincha mavjud voqelik sifatida ko'rib chiqishni lozim topdik. Zero, jinoyatchilik har bir jamiyatning yashash tarzida o'ziga xos ravishda shakllanishini esdan chiqarmaslik lozim. Nafaqat jamiyatda, shu bilan birga, jinoyatchilikning u yoki bu hududdagi yashash tarziga ko'ra ham shakllanishini ilm ahli isbotlagan. Bu holatni mamlakatimizning turli hudud- larida va ayniqsa qishloq joylarda o'ziga xos ravishda kechishini ham e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir. To'g'ri, bu kabi hududiy xususiyatlarning jinoyatchilikka ta'siri atrof- licha ilmiy-nazariy jihatdan ko'rib chiqishni talab etadi. Aynan shunday tahlil mavjud emas ekan, zarur profilaktik chora-tadbirlarni joriy etish xususida gap ham bo'lmasligi lozim. Shuning uchun ham, avvalgi boblarda bayon etilganidek, jinoyatchilik bilan bog'liq barcha holatlar aniq ifodalanishi lozim. Umuman olganda, jinoyatchilikning sabablarini ilmiy bilishda kompleks tarzda u yoki bu jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy-psixologik yo'nalishdagi holatlarni tahlil etish muhim o'rin tutadi. Bu kabi yo'nalishlarga shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi (genetik va ijtimoiy) omillarni va kriminogen holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni ham kiritmoq joiz. Hech shubha yo'qki, turli toifadagi jinoyatlarning sodir etilishida shaxsning ma'lum bir xislatlari mavjud vaziyatlar bilan uyg'un- lashgan bo'ladi. Bu uyg'unlashuv bir paytning o'zida muayyan jinoyatning sodir etilishida yuzaga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.88 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.88 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: doc