Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish orqali sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish Reja: Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish orqali sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish Shaxslarning mastlik holatida bo'lishlari va ularning jinoiy xatti- harakatlarni sodir etishiga yo'l qo'ymaslik Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish orqali sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish Kriminologiya nuqtai nazaridan ushbu jinoyatlarga berilgan ilmiy ta'rif asosida fuqarolarning jismoniy daxlsizligi va hayotini muhofaza qilish maqsadida olib boriladigan profilaktik chora-tadbirlarni aniq ifodalash lozim. Hech shubha yo'qki, ushbu jinoyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar birinchi galda shaxsning jinoyat yo'liga kirishiga olib keluvchi jamiyatdagi ijtimoiy salbiy holatlarni bartaraf qilish, eng muhimi, jinoyatni sodir etmoqchi bo'lgan shaxsga har tomonlama ta'sir choralarini qo'llash orqali, avvalo, jinoyat yo'liga kirmasligini, jinoyat yo'liga kirgan taqdirda esa, bu yo'ldan qaytarishni ilmiy asoslangan usul va vositalar orqali amalga oshirish lozim. Ushbu jinoyatlarning oldini olishda umumiy profilaktika choralari qo'llaniladi, lekin ma'lum bir vaziyatlar bilan bog'liq holatlarda yakka tartibdagi profilaktika ishlarini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir. Ta'kidlash joizki, umumiy profilaktik chora-tadbirlar keng ma'noga ega va jamiyat miqyosida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan muayyan tadbirlarni amalga oshirishni ko'zda tutadi. Ya'ni, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy yo'nalishlarida jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab hamda omillar bartaraf etiladi. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu paragrafda biz umumiy profilaktik chora-tadbirlarga aynan to'xtalmasdan, ko'rib chiqilayotgan jinoyat turi sodir etilishining oldini olish, shaxsga nisbatan qo'llaniladigan yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni olib borishning ayrim jihatlariga to'xtalib o'tamiz. Ma'lumki, fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning sodir etilishida o'ziga xos sharoit va sabab mavjud. Ushbu jinoyatlarning asosiy belgisi aynan maishiy turmush va umuman shaxslar o'rtasida bo'ladigan o'zaro munosabatlar asosida yuzaga keladigan kriminogen holatlardir. Yuqorida aytib o'tganimizdek, shaxslar o'rtasida yuzaga keladigan nizoli holatlar aynan shu sharoitda, shuningdek ayrim toifadagi mik- roguruhlar o'rtasida ro'y berishini ham e'tibordan chetda qoldirmaslik maqsadga muvofiqdir. Shu bois shaxslar o'rtasida yuzaga keluvchi har bir sharoit va sababni aniqlash, ularning oldini olish, bartaraf etish va yo'l qo'ymaslikni ta'minlash kriminologiya fanida muhim tadqiqot doirasiga kirgan hamda bu tadbirlarni to'g'ri qo'llash bo'yicha zarur ilmiy tavsiyalar yaratilgan. Tahlil etilayotgan jinoyat turlarini sodir etuvchilarning shaxsiga xos bo'lgan xafa bo'lish, jahl chiqishi, rashk hissining yuzaga kelishi, shaxsning yaxshi ko'rgan buyumi yoki mashg'ulotlaridan judo etilishi kabilar asosida nizoli vaziyatlarni bilish orqali zarur va samarali profilaktik chora-tadbirlarni to'g'ri qo'llash katta amaliy ahamiyatga egadir. Shaxsdagi bu ijtimoiy-ruhiy xususiyatlar o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi, balki undagi bunday xususiy at- larning yuzaga kelishi jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning salbiy jihatlari bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Shunga ko'ra, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.16 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.16 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: doc