Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish

Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish Reja: Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning kriminologik tavsifi Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlar o'ziga xos jihati bilan ajralib turishi Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni sodir etuvchi jinoyatchilarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning kriminologik tavsifi Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar orqali shaxsga yetkazilgan zarar va uning oqibatlari kriminologiya nuqtai nazaridan o'ziga xos ravishda alohida ko'rib chiqilmasa-da, bu kabi jinoyatlar natijasida yuzaga keladigan oddiygina yengil tan jarohati va uning jamiyatga, qolaversa ma'naviy jihatdan shaxsga nisbatan yetkazadigan salbiy ta'siri e'tiborga olinadi. Biroq, sud amaliyotining ko'rsatishicha, ushbu holat ko'p hollarda xususiy ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda. Ya'ni yengil tan jarohati o'ziga xos ravishda shaxsga yetkazilgan kamahamiyatli jismoniy tazyiq deb topilgani holda, uning ma'naviy jihati va shu asosda jamiyatga keltirayotgan xavfi e'tibordan chetda qoladi. Oqibatda aybdor shaxsning bu kabi qilmish- lariga o'z vaqtida qat'iy qonuniy choralar ko'rilmasligi va jamiyatning e'tibor qaratmasligi jinoyat yo'liga kirgan shaxsni bunday jinoyat yo'lidan qaytarishga emas, balki uning shaxsida o'ziga xos «ishonchning» yuzaga kelishiga olib keladi. Kriminologiyada aynan shu holat, ya'ni, aytib o'tilganidek, shaxsning o'z qilmishi oqibatini tushunib yetishidagi ijobiy yoki salbiy dunyoqarashining shakllanish jarayoni muhim ijtimoiy muammo sifatida tadqiq etiladi. Shu bois, shaxsning hayoti va umuman uning jismoniy daxlsizligiga nisbatan sodir etiladigan barcha jinoyatlar kriminologiya nuqtai nazaridan yetkazilayotgan zararning ma'naviy jihati va shaxsning o'z xatti-harakatlarini qanday idrok etishida uchraydigan salbiy holatlarning tadqiqotiga qaratilishi lozim. Ta'kidlash joizki, shaxs hayoti va jismoniy daxlsizligi ko'p hollarda bir qator jinoyatlarning sodir etilishi oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, bosqinchilik, talonchilik, nomusga tegish, bezorilik kabi jinoyat- larda tan jarohati yetkazish sanab o'tilgan jinoyatlarning sodir etilish oqibati va, umuman olganda, bu kabi jinoyatlarga xos belgi bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham shaxs hayoti va jismoniy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni boshqa jinoyatlar oqibati emas, aynan shaxsga yetkazilgan tan jarohatini maishiy va shaxslararo nizolar oqibatida kelib chiquvchi holatlar asosida yoritish maqsadga muvofiqdir. Shu o'rinda quyidagi tavsiyalarimiz ushbu turdagi jinoyatlar tadqiqotida uzil-kesil xulosalar chiqarishga asos bo'ladi va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishda yetakchi o'rin tutadi, degan fikrdan yiroqmiz. Hozirgi kunda fanda mavjud bo'lgan bir qator ilmiy-nazariy tortishuvlarni ham e'tiborga olish joiz. Zotan, «maishiy jinoyatlar» tushunchasi qiyosiy tushuncha sifatida qo'llanishini ham e'tibordan chetda qoldirmaslik zarur. «Maishiy jinoyatlar» tushunchasining aniq ifodasi yo'qligi ularning oldini olishdagi profilaktika ishlarini tashkil etish va zarur statistik ma'lumotlarni to'plashga imkon bermaydi, degan xulosa ham, fikrimizcha, masalaning mohiyatini ochib berolmaydi. Binobarin, turmush va oila munosabatlari hamda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.85 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.85 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga