Fuqarolik - huquqiy javobgarlik

Fuqarolik - huquqiy javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik - huquqiy javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik Reja: Fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi Javobgarlik shartlari va miqdori Javobgarlikdan ozod qilishining asoslari Fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi Fuqarolik-huquqiyjavobgarliktushunchasinianiqlash uchun uni «sanksiya» tushunchasi bilan qarama-qarshi qo'yish zarur. Fuqarolik-huquqiy sanksiyalar qarzdor majburiyatnibajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda uning uchunqonunda uokishartnomada belgilangan ma'lum oqibatlarning yuzaga kelishi hisoblanadi. Sanksiyalar bir xil bo'lmasdan, ularni ikki guruhga ajratish mumkin. 1) himoya choralari ko'rinishidagi sanksiyalar) Javobgarlik choralari ko'rinishidagi sanksiyalar. Himoya choralari - huquq-tartibotni himoya qilish yoki buzilgan huquq va manfaatlar to'g'risida ogohlantirish yoxud ularni tiklashga yo'naltirilgan choralar hisoblanadi. Bir qator himoya choralari sudlar, xo'jalik sudlari, boshqalari esa vakolatli hisoblangan subyektlarning; (yuridik shaxslar, fuqarolar) o'zlari tomonidan qo'llanilishi mumkin. Biroq barcha hollarda himoya choralari davlat majburlovchi bilan ta'minlangan. Qoidaga ko'ra himoya choralarining qo'llanilishi huquqbuzar uchun salbiy mulkiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Himoya choralari hech vaqt aybdorning xulqini, muhokama qilish bilan bog'liq emas. 1. Quyidagilar fuqarolik qonunchiligiga ma'lum bo'lgan himoya choralari hisoblanadi: fuqaro o'zining sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi ma'lumotlar yuzasidan basharti bunday ma'lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to'g'ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo'li bilan raddiya talab qilishga haqli (FKning 100-m, 1-q), bitim haqiqiy bo'lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo'yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani asliga (shu jumladan olingan narsa mol-mulk deb foydalanishi, bajarilgan ish yoki ko'rsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin bo'lganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo'lmasa, uning o'ziga qarashli tarix yoki madaniyat yodgorligiga xo'jasizlarcha munosabatda bo'lsa va uning yaxshi saqlanishinita'minlamasa, zimmasida yodgorliklarni saqlash vazifasi bo'lgandavlat organlari mulkdorlarni yodgorlikka xo'jasizlarcha munosabatda bo'lishini to'xtatish haqida ogohlantiradilar. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning da'vosiga ko'ra sud yodgorlik davlat mulki bo'lishi haqida qaror chiqarishi mumkin. Bu yodgorlik davlat mulkiga o'tadi. Olib qo'yilgan tarix va madaniyat yodgorligining qiymati mulkdorga kelishuvda belgilanmagan, nizo chiqqan taqdirda esa sud tomonidn belgilangan miqdorda to'lanadi (FKning 190-m.) va boshqalarni aytish mumkin. Fuqarolik huquqi nazariyasida fuqarolik-huquqiy javobgarlikka nisbatan bir qator ta'riflar ishlab chiqilgan: javobgarlik shartnoma nufuzini oshiradi, turli ta'sir choralari yordamida taraflarning buzilgan huquqlarini tiklaydi. Javobgarlik taraflar mulkiy manfaatlarining himoyasini ta'minlaydi, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy talablarini taqdjim etish uchun imkoniyat yaratadi. Javobgarlik huquqbuzar manfaatlariga zid bo'lgan mulkiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik o'ziga xos uchta majburiy belgisiga ega: 1) davlat majburlovi bilan ta'minianganligi 2) huquqbuzar (qarzdor) tomoniga salbiy noxush oqibatlarning mavjud bo'lishi; 3) huquqbuzarlik va uning subyektini muhokama qilish. Davlat majburlovi - bu huquq normalarida belgilangan javobgarlik choralarini realizatsiya qilish davlatning majburlov kuchi bilan ta'minlanadi. Qarzdor (huquqbuzar) uchun noxush salbiy oqibatlar uning mulkining haqi to'lanmasdan olib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.97 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.97 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga