Reja: 1.Fuqarolik-huquqiy munosabat tushunchasi 2. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi) 3. Fuqarolik huquqlari va burchlarining kelib chiqish asoslari. Yuridik faktlar 4. Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining bajarilishi Fuqarolik-huquqiy munosabat tushunchasi Fuqarolik-huquqiy munosabat deb, shaxslar o'rtasida bo'ladi-gan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatga aytiladi. Shaxslar (fuqarolar va yuridik shaxslar) o'rtasida tuziladigan oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, biron-bir ishni bajarish, ijara, qarz to'g'risidagi shartno-malar fuqarolik-huquqiy munosabatlar jumlasiga kiradi. Fuqarolik-huquqiy munosabat ijtimoiy munosabat sifatida eng avvalo, shaxslar, kishilar o'rtasidagi munosabat bo'lganligi uchun unda qatnashuvchilarning erki-irodasidan vujudga keladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatda ifodalangan shaxslarning erkla-ri, turli-tuman manfaatlari davlatning fuqarolik-huquqiy normalarida (qonunlarda) o'z ifodasini topadi. Shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) o'rtasida bo'ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi-gan normal munosabatlar bo'lganligi tufayli ular ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi lozim. Ammo bazi hollarda huquqiy munosabat yuzasidan olingan majburiyatlar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilmaganligi tufayli davlat tomonidan belgilangan majuriy ijro choralari qo'llaniladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatga xos bazi xususiyatlar ham mavjud. Chunonchi, fuqarolik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar bu munosabatlarda o'zlariga xos mulkka, aniqrog'i, muayyan mulkiy mustaqillikka ega holda qatnashadilar. Fuqarolik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar bir-birlariga nisbatan teng hu-quqli shaxslar hisoblanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatda qat-nashuvchi shaxslarning huquqlari buzilgan taqdirda, bu huquqlar, odatda, davo qo'zg'atish yo'li bilan sudlar tomonidan qo'riqlanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar uchta mustaqil elementdan - huquqiy munosabat subyektlari, mazmuni va obyektlaridan iboratdir. Bunda, fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlari bo'lib, ushbu huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar - fuqarolar va tashqi-lotlar (yani, yuridik shaxs huquqiga ega bo'lgan korxonalar) hisob-lanadi. Davlat ham fuqarolik-huquqiy munosabat subyekti bo'lishi mumkin. Fuqarolik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar fuqaro-lik huquq layoqatiga, yani fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo'lish layoqatiga molik bo'lishlari lozim. Fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmunini shu munosabatda qatnashuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va burchlari tashkil etadi. Bazi mualliflar fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmu-nini bunday munosabat qatnashchilarining o'z subyektiv huquq va majburiyatlariga muvofiq amalga oshiradigan o'zaro harakatlari tashkil etadi, subyektiv huquqlar va burchlar esa huquqiy munosabatning huquqiy shaklidir, deb hisoblaydilar[28]. subyektiv huquq deyilganda, muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxsga tegishli huquq tushuniladi. subyektiv huquqlar obyektiv huquq normalari, yani davlat tomonidan belgilangan umumiy qoidalar asosida vujudga keladi va ularga muvofiq ravishda amalga oshiriladi[29]. Fuqarolik-huquqiy munosabat ishti-rokchilarining huquqlari odatda obyektiv huquq (davlat tomonidan o'rnatiladigan va belgilab qo'yiladigan huquqlar) normalaridan kelib chiqadi. Ushbu huquqqa nisbatan subyektiv so'zi qo'llanili-shining asosiy sababi, fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchi-sining ushbu huquqning sohibi bo'lish hamda uni amalga oshirishdagi xohish-irodasining birlashishi ahamiyatga egaligidir. Chunki subyektiv huquq sohibi o'zining bu huquqlarini o'z xohishiga ko'ra amalga oshirishi yoki umuman amalga oshirmasligi yoxud ushbu huquqlardan voz kechishi mumkin. subyektiv huquqlar o'z egasiga qonun bilan yo'l qo'yilgan doi-ralarda o'z ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.17 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.17 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: doc