Fuqarolik - huquqiy munosabatlar. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish

Fuqarolik - huquqiy munosabatlar. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik - huquqiy munosabatlar. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik-huquqiy munosabatlar. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish Reja 1. Fuqarolik -huquqiy munosabat tushunchasi 2. Fuqarolik -huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi) 3. Fuqarolik huquqlari va burchlarining kelib chiqish asoslari. Yuridik faktlar. 4. Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining bajarilishi. Fuqarolik huquqlarining himoya qilinishi Fuqarolik -huquqiy munosabat tushunchasi Fuqarolik-huquqiy munosabat deb, shaxslar o'rtasida bo'ladigan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatga aytiladi. Shaxslar (fuqarolar va yuridik shaxslar) o'rtasida tuziladigan oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, biron-bir ishni bajarish, ijara, qarz to'g'risidagi shartnomalar fuqarolik-huquqiy munosabatlar jumlasiga kiradi Fuqarolik huquqlari va burchlarining kelib chiqish asoslari. Yuridik faktlar Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o'zgarishi yoki bekor bo'lishi ma'lumholatlar bilan belgilanadi. Binobarin, huquqiy munosabatlarni belgilash, o'zgartirish va bekor qilishga qaratilgan holatlar yuridik fakt deb yuritiladi. Umumiy tartibda huquqlarni himoya qilish Shaxsning o'zi tomonidan ham fuqarolik huquqlarini huquqlarini himoya qilishga yo'l qo'yiladi. Biroq bunda himoya ma'lum shartlar asosida amalga oshirilmog'i lozim. Ular FK, 13-moddada nazarda tutilgan. Unga asosan shaxsning o'zi tomonidan fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari huquqni buzish darajasibilan baravar bo'lishi hamda huquqni buzishga yo'l qo'yish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi lozim. Masalan, iste'molchi o'ziga sotilgan nuqsonli to-varni ushlab qolib, yetkazilgan zarar va neustoyka to'lanmaguncha qaytarib bermaslikka haqli bo'ladi. Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning maxsus tartibi faqat qonun yoki boshqa normativ hujjatlarda maxsus ko'rsatma bo'lgan taqdirdagina qo'llanilishi mumkin. Himoya qilishning maxsus tartibi quyidagichadir: fuqarolik huquqlarini himoya qilish qonunlar bilan belgilangan hollarda va tartibda kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan ham amalga oshiriladi. E'tiboringiz uchun rahmat! ...

fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish Reja: fuqarolik huquqlarini amalga oshirish tushunchasi. fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari. fuqarolik huquqini himoya qilish tartibi. fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish tushunchasi. fuqarolar va tashkilotlar uzlarining huquq layokati mazmuniga ko'ra xilma - xml fuqarolik huquqlari olish imkoniyatiga egadirlar. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari erkinliklari va burchlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II - bo'limida o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18 - moddasiga asosan O'zbekiston Respublikasida yashovchi barcha fuqarolar bir xil xuku va erkinliklarga ega. Imtiyozlar fakat qonun bilan belgilab kuyiladi, haqida ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi lozim. O'zbekiston Respublika fuqarosi va davlat bir - biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqdilar. fuqarolarning O'zbekiston Respublikasida bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lish qoidasi inson huquqlari umumjahon Deklaratsiya moddalariga tula - tukis mos keladi. Prezidentimiz I.A.Karimov «O'zbekiston - bozor munosabatlariga utishning o'ziga xos yo'li» nomli asarida shunday deb takidlaydi: «fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va burchlarini bajarish vaqtida fuqarolar va tashkilotlar davlatimiz bozor iqtisodiyotini shakillantirish sharoitida qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur xurmat xisini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir.» fuqarolik huquqlarini amalga oshirish tartibi fuqarolik kodeksining 9 - m-ddasida ko'rsatilgan. «fuqarolar va yuridik shaxslar uzlariga tegishli bo'lgan fuqarolik huquqlarini, shu jumladan ularni himoya qilish huquqini xam o'z xoxishlariga ko'ra tasarruf etadilar. fuqarolar va yuridik shaxslarning o'z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi, qonunda nazarda tutilgan xollar bundan mustasno. fuqarolik huquqlarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan kuriklanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutiladi. fuqarolar va yuridik shaxslar o'z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatining ma'naviy tamoyillari va axloqiy normalarini xurmat qilishlari, tadbirkorlar esa - ish odobi qoidalariga xam rioya etishlari kerak. fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa shaxsga zarar etkazishga, boshqacha shakllarda huquqni suiistemol qilishga, shuningdek huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga yul kuyilmaydi. Ushbu moddaning uchinchi, turtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilishni rad etishi mumkin.» fuqarolik huquqlarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan kuriklanadigan manfatlarini buzmasligi shart. Bu O'zbekiston Respublikasi Konistituttsiyaning 20-moddasida xam mustahkamlangan. Unda shunday deyiladi: «Fukorolarning o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning davlat va jamiyatning qonuniy manfatlri, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart.» Chunki jamiyatda yashayotgan fuqarolarning huquqlari bir-birlari bilan uzviy bog'liqdir. Agarda fukorolar fakat o'z huquqlarini kuzlasalar, talab kilsalar, burchlarini esdan chikarsalar yoki boshqa uziga o'xshash fukorolarning huquqlariga putur etkazsalar, bu qonunsizlikka olib keladi. qonun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga