Fuqarolik - huquqiy shartnomalar shartlari 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 15-mavzu Fuqarolik-huquqiy shartnomalar hayotimizning barcha sohalarida, shu jumladan davlatlararo munosabatlarda ham keng qo'llaniladi. Chunonchi, fuqarolar huquq munosabatlarini tartibga solishda shartnomalar asos bo'lib xizmat qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar ularning ishtirokchilari bo'lishi mumkin. Shartnoma ishtirokchilar o'rtasida har xil munosabatlar o'rnatilishining samarali shakli hisoblanadi. U taraflar o'zaro munosabatlari xususiyatlarini hisobga olish, har birining manfaatlarini kelishtirish imkonini beradi, shuningdek ishtirokchilarga yuridik kafolatlar taqdim etadi. Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o'zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 353-modda. Fuqarolik-huquqiy shartnomaning asosiy belgilari: - shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi; - taraflar taklif etgan barcha shartlar bo'yicha kelishilganidan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. - shartnomalarda taraflarning bir-biriga nisbatan huquqlari va burchlari Vujudga kelishi, o'zgarishi yoki bekor qilinishi qayd etiladi; - shartnoma taraflari ikki yoki undan ortiq shaxs bo'lishi mumkin; Taraflar shartnoma tuzilishi uchun barcha asosiy shartlarni o'z ichiga olgan takliflarni kiritadi. Odatda oferta (lotincha offertus - taklif qilingan) muayyan shaxsga qaratilgan bo'ladi. Fuqarolik huquqida kontragentning shartnomani tuzish to'g'risidagi taklif bilan roziligi xat yoki telegramma, faks, SMS va boshqa shakllarda ifodalanadi. Shartnomani tuzishning asosiy qoidalari Agar taraflar o'rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo'lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Muhim shartlarga birinchi navbatda shartnomaning predmeti to'g'risidagi shartlar kiritiladi. Shartnomalar aynan predmetiga ko'ra bir-biridan ajratiladi. Shartnoma Shartnoma taraflarning kelishuvi bo'lib hisoblangani uchun, taraflar yoki ulardan birontasi u yoki bu masalada kelishuvga erishish zarurligini talab qilsa, bu ham shartnomaning muhim shartini tashkil etadi. Oferta yo'llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshirish ham zarur bo'lsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Oferta YAKUNIY QOIDALAR Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko'ra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo'yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko'ra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq va suv xo'jaligi bo'limi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko'radilar. SHARTNOMANING AMAL QILISHI Mazkur shartnoma ro'yxatdan o'tkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi. Savol va topshiriqlar: 1. Fuqarolik-huquqiy shartnomasi bilan mehnat shartnomasi o'rtasida qanday umumiylik va farqlar mavjud? 2. Fuqarolik-huquqiy shartnoma belgilarini ayting. 3. Fuqarolarning shaxsiy nomoddiy huquqlarini buzadigan shaxslardan ma'naviy zarar yetkazganlik uchun kompensatsiya undirish kerakmi? Jismoniy va axloqiy-ma'naviy azoblarning miqyosini o'lchash mumkinmi? Javobingizni asoslang. 4. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.63 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.63 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx